Mamlakatimizda yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularni jismoniy va ma’naviy barkamol etib tarbiyalash hamda ommaviy sportga jalb etish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Mazkur sport tadbiri talabalarning jismoniy holatini baholash bilan birga, ular o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, irodasini mustahkamlash hamda o‘zaro do‘stlik va hamjihatlikni yanada kuchaytirishga xizmat qilmoqda.
Joriy yilning 5-15-may kunlari ushbu musobaqaning institut bosqichi bo‘lib o‘tadi.
Sport sinovlari doirasida ishtirokchilar:
arg‘amchida sakrash
60 metrga yugurish
3x10 metrga mokisimon yugurish
yerga tayangan holda qo‘llarni bukish va yozish
kurakda yotgan holda gavdani 90 darajaga ko‘tarish
savatga to‘p tashlash
yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z jismoniy tayyorgarlik darajalarini namoyish etdilar.
2026-yil "Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili"
Oʼzbekcha
English
русский