Tanlov



Talaba-yoshlarda kitobxonlik va mutolaa madaniyatini keng targ‘ib etish, kitobga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida Samarqand iqtisodiyot va servis institutida joriy yilning 5-aprel kuni, soat 13:00 da “Yosh kitobxon talabalar ligasi” tanlovi o‘tkaziladi.
Tanlov 2 shartdan iborat va unda har bir fakultetdan jamoaviy tarzda ishtirokchilar qatnashishlari mumkin.
1 — “Men yoqtirgan asar”
2 — “Eng bilimdon kitobxon” savol-javob sharti
G‘oliblar institut rahbariyati tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
SamISI Matbuot Xizmati