SamISI Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

"Buxgalteriya hisobi va menejment" fakulteti "Menejment" kafedrasi assistent-stajyori B.M.Abdumannonov o‘ziga biriktirilgan MN-119  kuratorlik guruhidagi ijarada yashovchi talabalarning yashash sharoitlarini o‘rganish maqsadida joylarga borib, ijara sharoitlari bilan yaqindan tanishdi va talabalarga is gazi, yong‘in xavfsizligi va elektr energiyasidan to‘g‘ri foydalanish, shuningdek ijara xonasidagi mavjud muammolarni zudlik bilan bartaraf etish bo‘yicha o‘zining tegishli ko‘rsatma va tavsiyalarini berdi.