Insonning 3 ta doʼsti boʼlar ekan.



1-doʼst. Odam hayoti davomida juda katta eʼtibor qiladigan birinchi doʼsti odamning joni uzulishi bilan uning doʼstligi tugar ekan. – bu doʼst insonning toʼplagan molu-dunyosi.
2.-doʼst. Odamning ikkinchi doʼsti u bilan deyarli birga. Bunga ham odam juda koʼp eʼtiborda boʼladi. Bu doʼst odamni joni uzulgandan keyin qabirgacha kuzatib qoʼyar ekan. Bu oila aʼzolari, doʼstlari va yaqinlari.
3-doʼst. Bu doʼst oxiratgacha Siz bilan birga ketadigan doʼst boʼlib, odamning qilgan savob amallari ekan. Lekin inson tiriklik chogʼida bunga unchalik ahamiyat bermaydigan doʼsti ekan. Bejiz “berganing oʼzingniki, kistangdagi omonat”, demasa kerak. Siz bir miskinga ehson qilgan boʼlsangiz u Sizning qoʼlingizdan ketadi, ammo savobi Sizga yoziladi. Mol-mulkingizni birov olishi mumkin, bu dunyoda ular qoladi. Shuning uchun amonat. Аmmo savob amallarni hech kim tortib ola olmaydi. Bu Sizniki.
Bir kasbni egallash uchun qisqa vaqt yetadi. Аmmo inson boʼlish uchun bir umr yetmasligi mumkin ekan. Inson boʼlishga ulgurib qolsak koshki edi. Yoshi 60lardan oshgan doʼstlarimiz qolgan umrni oʼynab-kulib oʼtkazaylik, deb niyat qiladilar. Endigi umrni ibodatda taqvoda, yoshlarga ibrat boʼlib oʼtkazishni niyat qilib, imkoni boricha yaratuvchanlik bilan shugʼullanib yashasa yaxshi emasmi. Аgar bizdan oxiratda Аlloh soʼrasa, “Men senga shunchalik salohiyat, ilm berdim, Sen jamiyat, Vatan, millat manfaati, ularning taraqqiyoti uchun nima qilding”, deb savol bersa nima, deb javob berishni ham oʼylashimiz lozim boʼlsa kerak.
Mamayunus Pardaev hikmatlaridan