Bank-moliya xizmatlari fakulteti talabalari “Xalqlar do‘stligi va diniy bag‘rikenglik” muzeyiga tashrif buyurishdi



Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bank-moliya xizmatlari fakulteti tyutori H. Jo‘lanov tashabbusi bilan birinchi kurs talabalari bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida “Xalqlar do‘stligi va diniy bag‘rikenglik” muzeyiga tashrif buyurishdi.
Mazkur tashrif davomida talabalar muzey ekspozitsiyalari bilan tanishib, turli millat va din vakillari o‘rtasidagi do‘stlik, totuvlik va bag‘rikenglik g‘oyalari haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.