SamISI Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bank-moliya xizmatlari fakulteti dekan o‘rinbosari Sa’dulla Baratov Hindistonning Lucknow shahrida joylashgan Bankers Institute of Rural Development institutida tashkil etilgan “Development through Rural and Climate Finance” nomli xalqaro o‘quv kursida ishtirok etmoqda. Ushbu kursda dunyoning 13 ta davlatidan kelgan moliya sohasi mutaxassislari qishloq xo‘jaligi va iqlim moliyasi sohasidagi dolzarb masalalarni muhokama qilmoqda, o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, har bir mamlakatda olib borilayotgan islohotlar haqida tarjiba almashilmoqda.

Kurs doirasida vakilimiz O‘zbekistonning bank-moliya tizimidagi yangiliklar, amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek, mamlakatimizning boy tarixi, madaniyati va iqtisodiy rivojlanish yo‘nalishlari haqida taqdimot o‘tkazdi. Ushbu ishtirok xalqaro hamkorlikni kengaytirish va tajriba almashinuvini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

SamISI logo

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Manzil belgisi Samarqand sh. A.Temur k. 9-uy

Telefon belgisi Ishonch telefoni: +998 (66) 231-12-53, +998 (66) 231-03-93

Email belgisi Email: sies_info@edu.uz, samisi@exat.uz

Ogohlantirish Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda ushbu manbani ko'rsatish majburiy

Copyright belgisi Samarqand iqtisodiyot va servis instituti. Barcha huquqlar himoyalangan