Batumi davlat universiteti bilan hamkorlik aloqalari yoʻlga qoʻyilmoqda



Samarqand iqtisodiyot va servis instituti rektori, i.f.d., professor Poʻlatov Muhiddin Egamberdiyevich Gruziyaga tashrifi davomida Shota Rustaveli nomidagi Batumi davlat universitetining bosh kampusi, moddiy-texnik bazasi, oʻquv va laboratoriya auditoriyalari, talabalar turar joyi hamda botanika bogʻi bilan tanishdi.
Shuningdek, universitetning axborot-resurs markazi va talabalarga yaratilgan sharoitlari oʻrganildi.
Uchrashuv davomida turizm yoʻnalishida talabalar uchun zamonaviy laboratoriya xonalarini tashkil etish bo‘yicha tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.