Samarqand iqtisodiyot va servis instituti psixologi D.To‘xtamisheva tomonidan talabalarning shaxsiy rivojlanishiga qaratilgan “Orzular va maqsadlar” nomli psixologik mashg‘ulot o‘tkazildi.
Mazkur mashg‘ulotda talabalarni ichki hissiyotlari va o‘y-hayollarini to‘g‘ri boshqarishga o‘rgatish, sog‘lom hayot tarziga intilish hamda yorqin kelajak va ijobiy emotsional orzu-umidlarga ishonch uyg‘otish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, mashg‘ulot talabalarni ijobiy kayfiyatga yo‘naltirish, ularni bardoshlilik va hech qachon taslim bo‘lmaslik ruhida tarbiyalashga xizmat qildi.
2026-yil "Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili"
Oʼzbekcha
English
русский