Uchrashuvda institut o'quv ishlari bo'yicha prorektori Sharipov To'lqin Saidahmedovich, yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat bo'limi boshlig'i Usmonov Zayniddin Berdirasulovich hamda buxgalteriya hisobi fakulteti dekani Beknazarov Farhod Abdivaxidovichlar ishtirok etdi.
Ochiq va samimiy muloqot tarzida o'tgan uchrashuvda talabalarning fikr va takliflari tinglandi. Shuningdek, institutda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, bo'sh vaqtni mazmunli tashkil etishga xizmat qilayotgan klub va to'garaklar faoliyati haqida ma'lumot berildi.
Suhbat davomida talabalarga institutning ichki tartib-qoidalari va odob-axloq me'yorlariga rioya qilish, ta'lim jarayonida faol va tashabbuskor bo'lish zarurligi ta'kidlandi.
2026-yil "Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili"
Oʼzbekcha
English
русский