"Dolzarb 90 kun" doirasida talabalar futzal bo‘yicha bellashdi



Samarqand iqtisodiyot va servis institutida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida buxgalteriya hisobi va menejment fakulteti talabalari o‘rtasida sportning futzal turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
Tadbirning asosiy maqsadi talabalarning jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda jamoaviylik, intizom va sport madaniyatini rivojlantirishdan iborat bo‘ldi. Musobaqa davomida talabalar o‘zaro do‘stona raqobat muhitida kuch sinashdi va sport orqali bir-birlariga bo‘lgan hurmatni mustahkamlashdi.