“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida servis fakultetida “Qiziqarli faktlar” viktorinasi bo‘lib o‘tdi

2025-07-29 402
Share: Telegram Telegram Facebook Facebook
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida servis fakultetida “Qiziqarli faktlar” viktorinasi bo‘lib o‘tdi

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti servis fakulteti tomonidan talabalar o‘rtasida “Qiziqarli faktlar” nomli viktorina tashkil etildi. Tadbirda ishtirokchilar turli fan sohalari, tarix, madaniyat va kundalik hayotga oid savollarga javob berish orqali bilim va dunyoqarashlarini sinovdan o‘tkazishdi.

Viktorina talabalarning intellektual faolligini oshirish, jamoaviy ishlash va tezkor fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi. Tadbir yakunida faol qatnashgan ishtirokchilar munosib taqdirlandi.