"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida she’riyat kechasi tashkil etildi



Talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida bank-moliya xizmatlari fakulteti va o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi tashabbusi bilan she’riyat kechasi tanlovi o‘tkazildi.
Tadbir davomida talabalar atoqli shoir Muhammad Yusufning hayoti va ijodi haqida fikr almashdilar, uning yurt, vatan, muhabbat mavzularidagi she’rlarini ifodali o‘qidilar. Samimiy muhitda o‘tgan kechada ishtirokchilar o‘z ijod namunalari bilan ham qatnashib, adabiyotga bo‘lgan mehrlarini namoyon etdilar.