Kechki ta’lim fakultetida “Yoshlar kuni” doirasida “Ekologik toza hudud” shiori ostida hayriya hashari tashkil etildi.
Mazkur aksiya davomida talaba-yoshlar tomonidan hududlarni obodonlashtirish, atrof-muhitni toza saqlash hamda ekologik madaniyatni targ‘ib qilishga qaratilgan amaliy ishlar olib borildi.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad talabalarda ekologik ong va mas’uliyat hissini shakllantirish, chiqindilarni kamaytirish, tabiatga ehtiyotkorona munosabatni kuchaytirish hamda yashil hayot tarzini targ‘ib etishdan iborat bo‘ldi.
Bunday tashabbuslar yoshlar o‘rtasida ekologik madaniyatni oshirish, jamoaviylik va daxldorlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
2026-yil "Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili"
Oʼzbekcha
English
русский