Menejment va marketing fakultetida "Milliy qadriyatlar kuni"ni nishonlandi
Har haftaning juma kuni institutimizda an'anaviy tarzda "Milliy qadriyatlar kuni"ni nishonlash odat tusiga kirgan.
Shu munosabat bilan menejment va marketing fakultetida milliy liboslar ko'rgazmasi va "Milliy o'yinlar -milliy tariximiz" shiori ostida ko'rik-tanlov tashkil etildi. Ushbu kun davomida barcha egnida milliy liboslarni aks ettirib, milliylik va qadriyatlarimizni asrab-avaylash hamda uni yosh avlod ongiga singdirishga hissa qo'shmoqdalar. Bunday tadbirlar yoshlarni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalab, ularning ma'naviy kamolotiga xizmat qiladi.
Oʼzbekcha
English
русский