Milliy libos – millat ruhi, o‘zligimiz timsoli



Samarqand iqtisodiyot va servis institutida “Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi o‘rni” shiori ostida “Milliy liboslar ko‘rgazmasi” festivali tashkil etildi.
Tadbirda institut axborot-resurs markazi xodimlari o‘zbek xalqining an’anaviy liboslarida ishtirok etib, milliy urf-odatlarimiz, kiyinish madaniyati va qadriyatlarimizni keng targ‘ib qilishga hissa qo‘shdilar.
Mazkur ko‘rgazma talabalarda milliy g‘urur, estetik did va o‘z madaniyatiga hurmat tuyg‘usini yanada kuchaytirishga xizmat qildi