uz en ru
Yangiliklar ro'yxatiga qaytish
23 1 daqiqa o'qish

O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram dasturi tashkil etildi

O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram dasturi tashkil etildi

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bank-moliya xizmatlari fakulteti talabalari ishtirokida bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida ustoz va murabbiylarning yosh avlodni tarbiyalash, ularga puxta bilim va ko'nikmalar berish, kasbiy va ma'naviy kamolotiga hissa qo'shishdagi beqiyos o'rni alohida ta'kidlandi.

Dastur davomida talabalar tomonidan tayyorlangan ijodiy chiqishlar tadbirga yanada ko'tarinki ruh bag'ishladi.

Tadbir yakunida barcha ustoz va murabbiylarga mustahkam sog'lik, oilaviy xotirjamlik, sharafli va mas'uliyatli faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilandi.