SamISI Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Profilaktik tadbir: ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri foydalanish, kiberjinoyatlarga qarshi kurashish, millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglik haqida so'z yuritildi

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti magistratura bosqichi talabalari ishtirokida profilaktik davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda yoshlar masalalari, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor A.Berdimurodov, rektor maslahatchisi M.Barotov, yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi boshlig‘i A.To‘rayevlar so‘zga chiqib, ijtimoiy tarmoqlarning foydali va salbiy tomonlari, ulardan to‘g‘ri foydalanish, kiberjinoyatlar qurboniga aylanib qolmaslik, jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashish kerak ekanligi haqida talabalarga tushuncha va ma'lumotlar berib o‘tishdi.

Talabalar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

SamISI logo

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Manzil belgisi Samarqand sh. A.Temur k. 9-uy

Telefon belgisi Ishonch telefoni: +998 (66) 231-12-53, +998 (66) 231-03-93

Email belgisi Email: sies_info@edu.uz, samisi@exat.uz

Ogohlantirish Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda ushbu manbani ko'rsatish majburiy

Copyright belgisi Samarqand iqtisodiyot va servis instituti. Barcha huquqlar himoyalangan