Bugungi kunda Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi hamkorlik izchil rivojlanib bormoqda. Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hamda G.R. Derjavin nomidagi Tambov davlat universiteti o‘rtasida yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
2020-yildan boshlab ushbu ikki oliy ta’lim muassasasi hamkorligida qo‘shma ta’lim dasturlari tashkil etilgan bo‘lib, hozirda unda 450 ga yaqin talaba tahsil olmoqda. 3+1 dasturi asosida moliya, iqtisodiyot va turizm yo‘nalishlarida mutaxassislar tayyorlanmoqda.
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti xalqaro talablar asosida raqobatbardosh kadrlar yetishtirayotgan, turizm yo‘nalishida tayanch oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.
2026-yil "Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili"
Oʼzbekcha
English
русский