SamISI Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Assalomu alaykum, aziz ustozlar, qadrli hamkasblar va muhtarama opa-singillar!


Avvalo, siz, azizlarni, 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.


Bugungi qutlug‘ bayramning fayzli Ramazon oyida bo‘lib o‘tayotgani uning ezgu ruhi va mazmunini yanada oshirmoqda. Mana shunday quvonchli ayyomlar barchangizga muborak bo‘lsin!


Bugun har birimiz cheksiz minnatdorlik hissi bilan Yaratganning buyuk mo‘jizasi bo‘lgan ayol zotiga – mehribon onalarimiz, qadrli opa-singillarimiz, lobar qizlarimiz sha’niga eng go‘zal so‘zlarni aytamiz. Biz sizlarni avvalo fidoyilik timsoli deb bilamiz. Mehridaryo qalbingiz, aql-zakovatingiz, sevgi va sadoqatingiz qarshisida ta’zim qilamiz.


Sizlarni, sizlarning timsolingizda barcha onaxonlarimiz, opa-singillarimiz, dilbar ayollarimizni ushbu bayram bilan chin qalbimdan muborakbod etib, o‘zimning chuqur hurmat va ehtiromimni bildirishga ijozat bergaysiz.


Doimo jamoamiz, shogirdlar, xalqimiz, Vatanimizning yuksak mehri va ardog‘ida bo‘lish hammangizga nasib etsin! Zero, ayolini  qadrlagan el ziyoli, ulug‘lagan millat jannatidir. 


Yana bir bor bayramingiz muborak bo‘lsin!


Hurmat va ehtirom ila Samarqand iqtisodiyot va servis instituti rektori Poʻlatov Muhiddin Egamberdiyevich 

SamISI logo

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Manzil belgisi Samarqand sh. A.Temur k. 9-uy

Telefon belgisi Ishonch telefoni: +998 (66) 231-12-53, +998 (66) 231-03-93

Email belgisi Email: sies_info@edu.uz, samisi@exat.uz

Ogohlantirish Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda ushbu manbani ko'rsatish majburiy

Copyright belgisi Samarqand iqtisodiyot va servis instituti. Barcha huquqlar himoyalangan