SamISI Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Joriy yil 24–25-sentabr kunlari Ozarbayjon Respublikasi poytaxti Baku shahrida Times Higher Education (THE) xalqaro reyting tashkilotining “THE Eurasia Universities Summit 2025” tadbiri boʻlib oʻtmoqda.

Heydar Aliyev markazida tashkil etilgan mazkur sammitda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti rektori Muhiddin Poʻlatov, xalqaro reytinglar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi Farhod Safarov va xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi Jonibek Maxmudovlar ishtirok etmoqda.

Sammit Yevropa va Osiyo bo‘ylab universitet rahbarlari, siyosatchilar va tadqiqotchilarni birlashtirib, transmilliy tadqiqotlarning ijtimoiy hamda iqtisodiy taraqqiyotga ta’sirini muhokama qilish uchun muhim maydon bo‘ldi. Shuningdek, unda hamkorlik, innovatsiyalar va transformatsion ta’sir bo‘yicha dolzarb masalalar ko‘rib chiqilmoqda.

Tadbir transmilliy tadqiqotlarga asosiy e’tiborni qaratib, akademik faoliyat natijalarini bugungi global muammolarga yechim bo‘lishi mumkinligi jihatidan tahlil qilmoqda.

SamISI logo

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Manzil belgisi Samarqand sh. A.Temur k. 9-uy

Telefon belgisi Ishonch telefoni: +998 (66) 231-12-53

Email belgisi Email: sies_info@edu.uz, samisi@exat.uz

Ogohlantirish Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda ushbu manbani ko'rsatish majburiy

Copyright belgisi Samarqand iqtisodiyot va servis instituti. Barcha huquqlar himoyalangan