Samarqand iqtisodiyot va servis institutida qabul komissiyasi faoliyatiga bag‘ishlangan navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi

2026-07-14 16
Share: Telegram Telegram Facebook Facebook
Samarqand iqtisodiyot va servis institutida qabul komissiyasi faoliyatiga bag‘ishlangan navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi

Samarqand iqtisodiyot va servis institutida 2026–2027-o‘quv yili qabul jarayonlarini yuqori saviyada tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda institut o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori T.Sharipov, rektor maslahatchisi M.Baratov hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish va "Komplayens nazorat" tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i X. Shakarov so‘zga chiqib, qabul jarayonlarini shaffof, adolatli va qonunchilik talablariga muvofiq tashkil etish muhimligini ta’kidladilar.

Shuningdek, qabul komissiyasi a’zolariga murojaatlarni tezkor va sifatli ko‘rib chiqish, zarur ma’lumotlarni to‘liq hamda aniq yetkazish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Yig‘ilish yakunida qabul jarayonlarining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, korrupsion holatlarning oldini olish hamda har bir abituriyent uchun teng imkoniyatlar yaratish ustuvor vazifa ekani alohida qayd etildi.