Samarqand iqtisodiyot va servis institutida Belarus delegatsiyasi bilan uchrashuv tashkil etildi

2025-04-11 279
Share: Telegram Telegram Facebook Facebook
Samarqand iqtisodiyot va servis institutida Belarus delegatsiyasi bilan uchrashuv tashkil etildi

Joriy yilning 10-aprel sanasida Samarqand iqtisodiyot va servis institutida viloyat Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hamda viloyatdagi bir nechta oliy taʼlim muassasalari mas'ul rahbarlari ishtirokida Belarus oliygohlari delegatsiyasi bilan uchrashuv tashkil etildi.


Uchrashuvda o'zaro tanishuv, hamkorlik yo'nalishlarini aniqlash kabi masalalar ko'rildi. O'zaro hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha takliflar tinglandi.