Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga akademik litsey bitiruvchilari tashrif buyurdi



Akademik litsey bitiruvchilarini oliy ta’lim muassasalariga kengroq qamrab olish maqsadida, bugun Samarqand iqtisodiyot va servis instituti akademik litseyi bitiruvchi bosqich o‘quvchilari institutda tashkil etilgan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiriga tashrif buyurishdi.
Tadbir davomida institut professor-o‘qituvchilari tomonidan fakultetlar va ta’lim yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi hamda o‘quvchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar taqdim etildi.
Uchrashuv o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Ular kelajakda institutning turli yo‘nalishlariga hujjat topshirish istagini bildirishdi.