Samarqand iqtisodiyot va servis institutining 5 nafar iqtidorli talabasi Germaniyada talaba almashinuvi dasturi asosida 1 semestr mobaynida tahsil olishadi



Samarqand iqtisodiyot va servis institutining Bank-moliya xizmatlari hamda Iqtisodiyot fakultetlarida tahsil oluvchi 5 nafar talabasi Germaniya Federativ Respublikasining Nordxauzen amaliy fanlar universitetida “Talaba almashinuvi shartnomasi”ga asosan 2023-2024-o‘quv yilining bahorgi semestrida akademik mobillik dasturi asosida tahsil olib qaytishadi.
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti rektori Muhiddin Po'latov safar oldidan talabalar bilan uchrashib, tahsil olish davrini muvafaqqiyatli yakunlab kelishlari uchun tavsiyalar berdilar. Talabalarning maqsadlari va o'qish davridagi rejalari tinglandi. Mas'ullarga talabalarning o'qish davrida muntazam aloqada bo'lib turishlari ta'kidlandi.
Ma'lumot uchun: Nordxauzen amaliy fanlar universiteti (nem. Hochschule Nordhausen) Germaniyaning Turingiya shtatining Nordxauzen shahrida joylashgan. 1997-yilda Germaniya qayta birlashgandan so'ng tashkil etilgan, 2022 yil holatiga ko'ra Nordxauzen universitetida 2035 nafar talaba tahsil oladi va ularga 50 nafar yuqori malakali professorlar dars berib kelishadi.