SamISI Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

2025-yil Samarqandda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi munosabati bilan Samarqand iqtisodiyot va servis instituti rektori Muhiddin Poʻlatov boshchiligidagi delegatsiya Daniya Qirolligida targʻibot tadbirlarini oʻtkazmoqda.


Joriy yilning 13-dekabr kuni Daniya Qirolligining Orxus universitetida delegatsiya tomonidan "Oʻzbekistonning bebaho merosi" nomli madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Unda ulug‘ ajdodlarimizning ilmiy-ma’rifiy merosi haqida hikoya qiluvchi taqdimotlar, milliy hunarmandchilik va miniatyura, mahalliy shirinliklar va non mahsulotlari namunalari ko‘rgazmasi namoyish etildi.


Tadbirda Daniyaning turli rasmiy tashkilotlari rahbarlari, diplomatik korpus vakillari, xorijiy oliy ta'lim muassasalari talabalari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.


Mazkur tadbirlar davlatchiligimiz rivojining uch ming yildan ziyod tarixi, jahon sivilizatsiyasiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimizning ilmiy, madaniy va maʼnaviy merosi hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijalarini xorijiy davlatlarda keng targ‘ib qilish hamda ular bilan hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish maqsadida tashkil etilmoqda.

SamISI logo

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Manzil belgisi Samarqand sh. A.Temur k. 9-uy

Telefon belgisi Ishonch telefoni: +998 (66) 231-12-53, +998 (66) 231-03-93

Email belgisi Email: sies_info@edu.uz, samisi@exat.uz

Ogohlantirish Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda ushbu manbani ko'rsatish majburiy

Copyright belgisi Samarqand iqtisodiyot va servis instituti. Barcha huquqlar himoyalangan