Talabalar turar joyida “Zakovat” intellektual o‘yin tashkil etildi

2025-09-15 834
Share: Telegram Telegram Facebook Facebook
Talabalar turar joyida “Zakovat” intellektual o‘yin tashkil etildi

Talabalar turar joyida iqtisodiyot fakulteti tyutori Sh.Urazov hamda servis fakulteti tyutori Z.Asqarovlar tashabbusi bilan talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularning bilim salohiyatini oshirish maqsadida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Qiziqarli va bilimlarga boy tarzda o‘tgan ushbu bellashuvda turli fakultetlardan jamoalar ishtirok etishdi. Yakunda esa bilimdonligi va jamoaviy hamjihatligi bilan ajralib chiqqan “Bilimdon” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.