Talabalarga Hamid Olimjon haqida hujjatli film namoyish etildi



Buxgalteriya hisobi va menejment fakultetida "Talabalar kino kunlari" loyihasi doirasida oʻzbek shoiri Hamid Olimjon haqidagi "Ona yurt kuychisi" hujjatli filmi namoyish etildi.
Mazkur film “Xalq yuragi” turkumi ostida tayyorlangan boʻlib, Naim Karimov ssenariysi asosida suratga olingan. Rejissyor Ibrohim Rasulov, operator Ahmadjon Sodiqov, kompozitor Doniyor Agzamov, rassom Komil Allaberganov.
Shoir Mirtemir “Hamid Olimjon tugʻma va nodir talant edi. Uning qonida, oʻzligida, koʻz qorachigʻida, toʻqson ikki tomirida tugʻma bir zukkolik, shoirona bir sajiya, bilgichlik, burrolik, nurbaxshlik, yorqin qalb va adab ayon”, deya yozgan edi. Tasvirlarni kuzatar ekansiz, bosh qahramon xarakterida mana shunday xislatlarni koʻrasiz.