Yangi g‘oyalar sari: Investorlar va yosh startapchilar uchrashuvi



Samarqand iqtisodiyot va servis institutida “Talabalar bahori” festivali doirasida “Investor kuni” hamda startap loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha seminar tashkil etildi.
Seminarning asosiy maqsadi – talaba-yoshlarda startap loyihalarini yaratish, innovatsion fikrlashni rivojlantirish va investorlar bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat bo‘ldi.
Seminar davomida mehmonlar o‘z taqdimotlari bilan chiqish qilishdi. Taqdimotlar mobaynida talaba-yoshlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar batafsil va asosli javoblar taqdim etdi.