Samarqand iqtisodiyot va servis instituti servis fakultetida “Giyohvandlik — asr vabosi” nomli ijtimoiy aksiya tashkil etildi. Tadbirdan ko‘zlangan maqsad yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularni zararli illatlardan asrash hamda giyohvandlikning salbiy oqibatlari haqida tushuncha berishdan iborat bo‘ldi.
Aksiya davomida talabalarga giyohvandlikning inson salomatligi, oila va jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri haqida ma’lumot berilib, yoshlarni sport, kitobxonlik va foydali tashabbuslarga jalb etish muhim ekani ta’kidlandi. Shuningdek, talabalarga sog‘lom hayot tarziga amal qilish va zararli odatlardan yiroq bo‘lishga da’vat etildi.
Tadbir yoshlar orasida giyohvandlikka qarshi qat’iy hayotiy pozitsiyani shakllantirish hamda sog‘lom kelajak g‘oyasini targ‘ib etishga xizmat qildi.
2026-yil "Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili"
Oʼzbekcha
English
русский