Samarqand iqtisodiyot va servis institutida Orol dengizi hududining ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy va barqaror rivojlanish masalalariga bag'ishlangan yozgi maktab dasturining yakuniy bosqichi o'tkazildi. Tadbirda institutning xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektori F.Abdukarimov ishtirok etdi.
Unda talabalar dastur davomida egallagan bilim va ko'nikmalari asosida tayyorlagan yakuniy loyihalari va taqdimotlarini namoyish etdilar. Loyihalarda Orolbo'yi hududidagi ekologik muammolar, turizm salohiyatidan samarali foydalanish, mahalliy aholi farovonligini oshirish, yashil iqtisodiyot va barqaror rivojlanish masalalari bo'yicha takliflar ilgari surildi.
Taqdimotlar yakunida talabalar loyihalari yuzasidan fikr-mulohaza va tavsiyalar bildirildi. Shuningdek, Yozgi maktabda faol ishtirok etgan magistrantlarga sertifikatlar topshirildi.
Yozgi maktab xalqaro tajriba almashish, ilmiy-amaliy hamkorlikni rivojlantirish hamda yosh tadqiqotchilarning Orolbo'yi hududidagi dolzarb muammolarga innovatsion yechimlar ishlab chiqish borasidagi bilim va ko'nikmalarini mustahkamlashga xizmat qildi.
2026-yil "Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili"
Oʼzbekcha
English
русский