Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Sirtqi bo’lim


Samarqand iqtisodiyot va servis institutida sirtqi bo’lim O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 930 sonli qarori hamda institute rektorining 29-avgust 2018 yildagi 522/1-F buyrug’i asosida tashkil etilgan. Sirtqi bo’limda Bo’lim boshlig’i, bo’lim boshlig’i o’rinbosarlari va uslubchilar faoliyat olib boradi. Sirtqi bo’lim Samarqand iqtisodiyot va servis institutining O’quv, O’quv uslubiy, ilmiy va ma’muriy tarmog’i hisoblanib, O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risidagi qonunga muvofiq bakalavriat ta’lim yo’nalishlari bo’yicha sirtqi ta’lim shaklida mutaxassislarni tayyorlash ishlari bilan shug’ullanadi.
Hozirgi kunda institutda quyidagi yo’nalishlar bo’yicha uch ming nafardan ortiq sirtqi ta’lim shaklida taxsil olayotgan mutaxassislarni tayyorlamoqda.
60310100-Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha),
60310400-Iqtisodiy xavfsizlik,
60410100-Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha),
60410400-Moliya va moliyaviy texnologiyalar,
60410500-Bank ishi va auditi,
60411200-Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha),
60411400-Inson resurslarini boshqarish,
60411700-Logistika (yo‘nalishlar bo‘yicha),
60412500-Marketing (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha),
60412700-Baholash ishi,
61010100-Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish,
61010200-Aholi va turistlarning ovqatlanishini tashkil etish servisi,
61010400-Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha)


Abdukarimov Furkat Barat Aliyevich

Bo’lim boshlig’i


Kulliyev Begimqul Melikovich

Bo’lim boshlig’i o’rinbosari


Tirkashev Toxir Yo’ldoshevich

Uslubchi