Iqtisodiy tahlil va statistika kafedrasi



Hozirgi vaqtda kafedrada 14 shtat birligi mavjud bo’lib, 16 nafar professor-o’qituvchi hamda 1 nafar kabinet mudiri faoliyat yuritadi. Ulardan 1 nafari iqtisod fanlari doktori, 5 nafari iqtisod fanlari nomzodi, 4 nafari iqtisodiyot fanlari bo’yicha falsafa fanlari doktori (PhD), 1 nafari katta o’qituvchi, 5 nafari o’qituvchi (assitent)dir. Kafedra tashkil yetilgandan buyon kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan 100 dan ortiq nufuzli xorijiy jurnallarda, 10 dan ziyod Scopus xalqaro e’tirof etilgan bazalarda maqolalari chop etilgan. 30 dan ortiq darslik va o’quv qo’llanmalar, 20 dan ortiq monografiya, 50 dan ziyod o’quv uslubiy ko’rsatmalar chop etilgan. Kafedra professor –o’qituvchilari tomonidan institut miqyosida o’tkazilgan ma’naviy–ma’rifiy tadbirlar soni xar yili 100 dan ortadi.
2004 yilda institutning nomi o’zgarishi bilan mazkur kafedra “Statistika” nomi bilan ataladigan bo’ldi. 2004-2011 yillarda mazkur kafedraga M.Q.Pardayev mudirlik qildi. 2011 yilda “Statistika” kafedrasi “Menejment” kafedrasi bilan qo’shilib “Menejment va statistika” deb yuritiladigan bo’ldi. Mazkur kafedraga ham 2011-2013 yillar davomida i.f.d., professor M.Q.Pardayev mudirlik qildi. U kishining pensiyaga chiqishi munosabati bilan 2013 yil sentyabridan 2018 yil fevral oyigacha i.f.n., dosent H.I.Turdibekov mudirlik qildi. 2018 yil 1 fevraldan boshlab hozirgacha i.f.n., dosent A.N.Xoliqulov mudirlik qilib kelmoqda.
2019 yil 2 oktyabrdan institutning tarkibiy tuzilishi o’zgarishi munosabati bilan “Menejment va statistika” kafedrasi ikkiga ajralib “Menejment” hamda “Iqtisodiy tahlil va statistika” kafedralariga bo’lindi. “Iqtisodiy tahlil va statistika” kafedrasi “Bank-moliya xizmatlari” fakulteti tarkibiga o’tkazildi. 2022 yil 1 sentyabrdan institutning tarkibiy tuzilishi o’zgarishi munosabati bilan yangi “Buxgalteriya hisobi va menejment” fakulteti tagkil etildi. “Iqtisodiy tahlil va statistika” kafedrasi ham shu kundan boshlab “Buxgalteriya hisobi va menejment” fakulteti tarkibiga o’tkazildi.
Kafedrada olib borilayotgan tadqiqotlar natijasida olingan xulosalar va tavsiyalar O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, O’zR Vazirlar Mahkamasiga, bir qancha vazirlik va idoralarga yuborilgan. Shuningdek, Samarqand, Jizzax va Xorazm viloyatlari hokimliklari va bir qancha korxonalar amaliyotiga joriy qilish uchun qabul qilingan.
«Iqtisodiy tahlil va statistika» kafedrasining tarixi “Boshqaruvning ilmiy asoslari”, “Statistika” va “Moliya va kredit” kafedralari faoliyati bilan chambarchas bog’liq.
Boshqaruvning ilmiy asoslari kafedrasi 1975 yilda tashkil yetilgan (kafedraning birinchi mudiri dosent N.R.Zugurov). O’sha yillarda kafedra “Boshqaruv asoslari”, “Chakana va ulgurji savdoda avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari”, “Huquq”, “Ish yuritish va hujjatlar bilan ishlash” kabi fanlar o’tilgan. Kafedrada 1975-1990 yillarda dosent N.R. Zugurov, M.D. Hamrokulova, A.Yu.Azizova, o’qituvchilar R.A.Pulatov, M.K.Kazimova, S.G. Djabborova, N.X.Ochilova, V.A. Yelnichevlar faoliyat ko’rsatgan. O’sha yillarda kafedrada “Matlubot kooperasiyasi tizimida chakana savdoni boshqarishning tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish” mavzusida ilmiy tadqiqotlar olib borilgan.
Kafedra 1984 yildan “Boshqaruv va huquq”, 1998 yildan “Menejment va axborotlar texnologiyalari” nomi bilan yuritilgan. 2001 yilda kafedra ikkiga “Menejment” va “Axborot texnologiyalari” kafedralariga ajratilgan. Kafedraga 1975-1986 yillarda i.f.n., dosent N.R Zugurov, 1986-1987 yillarda i.f.n., dosent M.D.Hamroqulova, 1987-1995 yillarda i.f.n., dosent Dj.N.Abdullayev, 1995-1998 yillarda i.f.n., dosent N.R.Zugurov, 1998-2001 yillarda f.-m.f.n., dosent N.R.Zaynalovlar boshqargan. «Menejment» kafedrasi alohida bo’lgandan keyin 2001-2007 yillarda t.f.n., dosent I.A.Usmonov, 2007-2011 yillarda dos. Q.J.Mirzayev, 2011 yilda dosent H.I.Turdibekovlar mudirlik qilgan.
Moliya va kredit kafedrasi 1977 yilda tashkil topgan. Bu kafedrada dastlab «Moliya va kredit», «Matlubot kooperasiyasi moliyasi», «Xo’jalik faoliyati tahlili» kabi fanlardan III va IV kurs talabalariga mashg’ulotlar olib borilgan. Kafedraning birinchi mudiri i.f. d., professor I.T.Abdukarimov hisoblanadi. Kafedrada 1977-1981 yillarda dosentlar M.Q. Pardayev, J.R. Zaynalov, H.N.Musayev, Z.A.Fatkulina, Ye.Sh.Shavqiyev, T.K. Shamsiyevlar faoliyat ko’rsatgan.
Prof.I.T.Abdukarimov tomonidan oliy o’quv yurtlari talabalari uchun “Matlubot kooperasiyasida xo’jalik faoliyati tahlili fanidan masalalar to’plami” (M.: Yekonomika 1969) va “Matlubot kooperasiyasida xo’jalik faoliyati tahlilidan masalalar to’plami” (M.: Yekonomika, 1975) nomli o’quv qo’llanmalari chop yetilgan. 1977-1981 yillarda kafedra a’zolari tomonidan «Matlubot kooperasiyasida savdoning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini oshirish muammolari» bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan. Mazkur mavzu bo’yicha I.T. Abdukarimov tomonidan doktorlik, M.Q.Pardayev va Ye.Sh.Shavqiyevlar tomonidan nomzodlik dissertasiyalari himoya qilingan.
Prof. I.T.Abdukarimov tomonidan markaziy nashriyotlarda “Kooperativ savdoning foydasi va rentabelligi”, “Kooperativ savdoda muomala harajatlari tahlili”, “Kooperativ savdoda chakana tovar aylanmasi tahlili” kabi monografiyalar chop yetilgan. I.f.n. M.Q. Pardayev bilan hammualliflikda “Kooperativ savdoda mehnat ko’rsatkichlari tahlili” mavzusidagi monografiya nashr yetilgan (M.: Yekonomika, 1978).
Statistika kafedrasi 1931 yilda “Sosialistik hisob” kafedrasi tarkibida bo’lib, 1964 yildan mustaqil kafedra sifatida faoliyat ko’rsatib kelgan. Statistika kafedrasiga dastlab prof. S.M. Yugenburg, keyinchalik dosentlar X.A. Kasimov, B.X. Xusenov, A.P. Blinov, D.S. Sirojiddinov, X.A.Shodiyev, U.X.Xudayberdiyev, prof. M.Q. Pardayevlar mudirlik qilib kelgan. Kafedrada uzoq vaqt iste’dodli pedagog, institutda malakali ilmiy kadrlar tayyorlashga katta hissa qo’shgan yirik olim S.M. Yugenburg faoliyat ko’rsatgan.
Kafedrada turli davrlarda turli olimlar faoliyat ko’rsatganlar. Bular jumlasiga iqtisod fanlari doktorlari, professorlar: I.T.Abdukarimov, J.Sirojitdinov, M.Q.Pardayevlarni, iqtisod fanlari nomzodlari, dosentlar: A.P.Blinov, H.Qosimov, B.X.Xusenov, A.A.Abdiyev, U.X.Xudayberdiyev, N.I.Ibragimov, N.T.Toshev, I.G’.Ibragimov, H.A.Shodiyev kabilarni kiritish mumkin. Katta o’qituvchilardan B.R.Aliyev, A.G.Dryomova kabilar ham samarali faoliyat ko’rsatganlar.
1931-1955 yillarda kafedra a’zosi sifatida iqtisod fanlari doktori, professor V.N. Krilov faoliyat ko’rsatgan. U “Statistikaning umumiy nazariyasi” kursidan mashg’ulotlar olib borgan, sobiq ittifoq statistikachilari o’rtasida yuqori nufuzga yega yedi.
1970-1980 yillarda kafedrada i.f.n., dosent D.S. Sirojiddinov, A.P. Blinov, B.X.Xusenov, I.G. Ibragimov, katta o’qituvchilar i.f.n. P.T. Toshev, i.f.n. X.A. Shodiyev, assistentlar A.G. Dremova va B.R. Aliyevlar faoliyat ko’rsatgan.
Kafedrada o’quv jarayonini takomillashtirish, o’quv-uslubiy ishlarni yaxshilash bo’yicha sezilarli ishlar amalga oshirilgan. O’sha davrda kafedraning ilmiy-tadqiqot mavzusi O’rta Osiyo respublikalari qishloq aholisining turmush darajasini iqtisodiy–statistik tadqiqot qilish muammolariga bag’ishlangan.
Dosent I.G. Ibragimov, dosent A.P. Blinovlar kafedra tomonidan amalga oshirilayotgan xo’jalik shartnomalariga rahbarlik qilib kelgan. Dosent D.S.Sirojiddinov o’sha davrda 2 ta monografiya chop yetgan. “Ittifoqdosh respublika ijtimoiy mahsulotining hisobot balansi” (Toshkent: O’zbekiston,1973); “Ittifoqdosh respublika xalq xo’jaligining statistika balansi” (Toshkent: O’zbekiston, 1977), “Vestnik statistiki” va “Nauchniye zapisi po statistike” jurnallarida maqolalar nashrdan chiqqan. “Ittifoqdosh respublika xalq xo’jaligi balansining metodologik muammolari” mavzusida doktorlik dissertasiyasi tayyorlanib MXXIda muvaffaqiyatli yoqlagan.
Statistika kafedrasi tarixiga bir nazar tashlaydigan bo’lsak, mazkur kafedra turli davrlarda turlicha nomlar bilan atalib kelinganligiga guvoh bo’lamiz.
“Statistika” kafedrasi tashkil qilingandan buyon uning nomi faqat “Statistika” deb yuritilgan. 1987-1990 yillar davomida “Moliya va statistika” kafedrasi nomi bilan atalgan. Chunki uning tarkibiga moliyaga oid fanlar qo’shilgan va kafedra mudiri o’sha davrlarda i.f.d., professor J.Sirojitdinov bo’lgan.
1990-1993 yillar davomida kafedraning nomi “Statistika va umumiqtisodiy fanlar” nomi bilan yuritilgan. Undan moliyaga oid fanlar ajralib alohida kafedra bo’lgan va mazkur kafedraga umumiqtisodiy fanlarni qo’shgan. Bu yillarda ham kafedraga prof. J.Sirojitdinov, so’ngra dosent H.A.Shodiyevlar mudirlik qilganlar.
“Iqtisodiy tahlil” kafedrasi tarixi xususida quyidagilarni ta’kidlash mumkin. Mazkur kafedraga oid fanlar “Buxgalteriya hisobi” kafedrasi tarkibida bo’lib kelgan. 1997 yilda “Moliya va kredit” kafedrasi tashkil qilindi va uning tarkibiga iqtisodiy tahlilga oid fanlar ham kiritildi. Unga mudir yetib i.f.d., professor I.T.Abdukarimov saylangan yedi. Mazkur kafedra 1987 yilda “Iqtisodiy tahlil va moliya” nomi bilan faoliyat ko’rsata boshladi.
1993 yildan Statistika kafedrasi “Statistika va iqtisodiy tahlil” deb nomlandi. Uning tarkibiga xo’jalik faoliyati tahliliga oid fanlar bilan birga statistikaga oid fanlar ham qo’shildi va shu yangi nomlanishi bilan unga mudir qilib i.f.n., dosent M.Q.Pardayev saylandi. Mazkur lovozimda 1998 yilga qadar, ya’ni 6 yil davomida faoliyat ko’rsatdi. M.Q.Pardayev 1998 yilda Samarqand kooperativ instituti Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha prorektor lavozimiga o’tgach mazkur kafedraga 1999-2004 yillar davomida i.f.n., dos. U.X.Xudayberdiyev mudirlik qildi.
1993 yilda uning nomi o’zgarib “Statistika va iqtisodiy tahlil” deb nomlandi. Chunki iqtisodiy tahlil kafedrasi salohiyatli, butun Sentrosoyuz oliy o’quv yurtlari orasida “Xo’jalik faoliyati tahlili” fani bo’yicha metodik markaz yedi. Mazkur fanga oid o’quv dasturlari, butun Sentrosoyuz tizimi oliy o’quv yurtlari uchun o’quv qo’llanmalar, darsliklar shu kafedra olimlari tomonidan i.f.d., prof. I.T.Abdukarimov rahbarligida yaratilar yedi.
Ushbu holatga birdaniga yerishilgan yemas. Ma’lumki, O’zbekistonda uzoq yillar mobaynida oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarida tahlil fani asosan markaziy shaharlardagi (Moskva, Leningrad, Kiyev) olimlar tomonidan tayyorlangan darsliklar asosida o’qitilib kelindi. Ammo bunda o’zimizga xos xususiyatlar aks yettirilmagan yedi. Bu yesa o’tgan asrning 60-yillarga kelib O’zbekistonlik olimlarni ham bu fan sohasida ijod qilishga va o’zimizga xos adabiyotlarni nashr qilishga da’vat yetdi.
Olimlarimizning sa’y-harakatlari bilan Markazdan chiqadigan darsliklarga ular muallif sifatida taklif qilinadigan bo’lindi. Jumladan, 1966 yilda Moskvaning “Yekonomika” nashriyotida chop yetilgan “Matlubot kooperasiyasi korxonalar xo’jalik faoliyatining tahlili” nomli darslikning mualliflari tarkibiga lvovlik O.R.Kmisikevich, novosibirsklik L.A.Falkovichlar bilan birgalikda samarqandlik olim – bizning institutimiz dosenti I.N.Toporovskiy ham taklif qilingan yedi. Bu darslikda Respublikamizning ba’zi xususiyatlari birinchi marta o’z ifodasini topdi.
1970 yillarda Samarqandda prof. I.T.Abdukarimov rahbarligida tahlil maktabi tarkib topdi. Bu maktab Ittifoq olimlari tomonidan tan olindi. Natijada Samarqand kooperativ instituti bazasida shu fanning ravnaqiga, uning nazariy va amaliy muammolariga bag’ishlangan bir qancha Butunittifoq ilmiy-amaliy konferensiyalari o’tkazildi. Professor I.T.Abdukarimov kitoblarining xususiyati shunda yediki, unda hamisha nazariya bilan amaliyot uyg’unlashgan holda yoritilardi. Bu tahlil fani uchun katta ahamiyatga yega yedi. Shu tufayli kafedrada yaratilgan deyarli barcha taklif va tavsiyalari amaliyotga izchilik bilan qo’llanilib kelindi.
70-inchi yillarning ikkinchi yarmiga kelib tahlilchilar safi O’zbekiston miqyosida tanila boshlandi va kengaydi. Bu fan bo’yicha o’zbek tilida darsliklar paydo bo’la boshladi. Bu darslik va o’quv qo’llanmalar respublikamizda iqtisodiy tahlilning taraqqiyoti va istiqboli uchun qo’yilgan ilk qadamlar yedi.
Ta’kidlash joizki, respublikamizda qishloq xo’jalik institutlaridan tashqari barcha oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarida maxsus fanlar, jumladan iqtisodiy tahlil fani ham rus tilida o’rganilar yedi. Shu tufayli qishloq xo’jaligidan tashqari sohalarda barcha asarlar rus tilida tayyorlandi va chop yetildi. 1973 yilda prof. I.T.Abdukarimov va dos. M.Q.Pardayevlar tomonidan “Kooperativ savdoda mehnat ko’rsatkichlarining tahlili” nomli kitobi Moskvaning “Yekonomika” nashriyotida chop yetildi. Bu bilan samarqandlik olimlar, xususan “Iqtisodiy tahlil” kafedrasi olimlari tematik tahlilni rivojlantirish borasida yana bir qutlug’ qadam qo’ydi.
80-chi yillar o’zbekistonlik, ayniqsa samarqandlik olimlar uchun juda sermahsul davr bo’ldi. I.T.Abdukarimov, M.Q.Pardayev va A.A.Abdiyevlar hamkorligida “Xo’jalik faoliyatining tahlili»ga bag’ishlangan to’rt tomlik albom yaratildi. Bular Ittifoqdagi barcha kooperativ institutlarga o’quv qo’llanma sifatida tavsiya qilindi va ular 1983 yilda Samarqand kooperativ institutida nashr yetildi. Bu albomning birinchi qismi “Iqtisodiy tahlilning nazariy asoslari”ga bag’ishlangan bo’lib barcha mavzular tushunarli qilib tasvirlangan. Ushbu albomning ikkinchi tomi “Kooperativ savdoda iqtisodiy tahlil” nomi bilan ataladi. Bunda kooperativ savdo korxonalari xo’jalik faoliyati batafsil tahlil qilingan. Ammo matlubot kooperasiyasi ko’p tarmoqli soha bo’lganligi tufayli albomning 3-tomi “Matlubot kooperasiyasi alohida tarmoqlari xo’jalik faoliyatining tahlili” mavzusiga bag’ishlangan Albomning 4-tomi matlubot kooperasiyasi tashkilotlarida barcha tarmoqlardan hisobot qabul qilingandan keyingi o’tkaziladigan tahlil usullarini o’z ichiga olgan. Bu “Moliyaviy holatining tahlili” deb nomlangan va bunda barcha soha bo’yicha moliyaviy holatining qanday ahvolda yekanligi to’g’risida xulosa qilishga bag’ishlangan. Ushbu tahlil usullari ham aniq chizmalar orqali yoritilgan.
Shunday qilib, Samarqand kooperativ instituti sobiq Sentrosoyuzga qaraydigan oliy o’quv yurtlari ichida xo’jalik faoliyatini tahlil qilish fani bo’yicha, yuqorida ta’kidlanganidek, uslubiy markazga aylandi. Matlubot kooperasiyasi tizimi uchun darslik va namunaviy dasturlar shu fan bo’yicha prof. I.T.Abdukarimov boshchiligidagi olimlar maktabiga topshirildi.
1984 yilda I.T.Abdukarimov tomonidan “Matlubot kooperasiyasi xo’jalik faoliyatini tahlil qilish” nomli darslik Moskvaning “Yekonomika” nashriyotida chop yetildiBu darslik Ittifoqdagi barcha kooperativ institutlarga va “Buxgalteriya hisobi, nazorat va xo’jalik faoliyatining tahlili” bo’yicha mutaxassislik tayyorlaydigan boshqa oliy o’quv yurtlariga tavsiya qilindi. Bu darslikni keng jamoatchilik va olimlar olami juda yaxshi kutib oldilar. Natijada 1989 yilda ushbu darslik aynan ana shu nashriyotda qayta ishlangan va to’ldirilgan holda qayta nashr qilindi.
Samarqandlik olimlar tahlilning yangi shakli kompleks tahlil usullarini ishlab chiqishga kirishdi. Natijada Ittifoq jurnallarida shu bo’yicha bir qancha ilmiy maqolalar chop yetildi va nihoyat 1983 yilda prof. I.T.Abdukarimov tahririda M.Q.Pardayev va Yu.S.Sattarovlar tomonidan tayyorlangan ”Chakana savdoda mehnat samaradorligini kompleks baholash” bo’yicha uslubiy tavsiya yuzaga keldi. Bu tavsiyani O’zbekbirlashuv boshqaruvi tomonidan amaliyotga tatbiq qilindi. Kompleks tahlil bo’yicha samarqandlik olimlarning maqolalari Ittifoqda chiqadigan “Buxgalteriya uchyoti” “Sovet matlubot kooperasiyasi” kabi jurnallarda chop yetilishi ularning nufuzini yanada oshirdi. Natijada 1986 yilda o’tkazilgan Butunittifoq ilmiy-amaliy anjumanining asosiy mavzusi ana shu muammoga qaratildi. Ushbu anjumanning ilmiy-amaliy tavsiyasi sifatida 1986 yilda chop yetilgan I.T.Abdukarimov, M.Q.Pardayev, V.I.Abdukarimov, V.N.Abramovalarning “Matlubot kooperasiyasida sosial-iqtisodiy samaradorlikni aniqlash usuli” nomli risolasi qabul qilindi. Bunda mualliflar samaradorlikni kompleks tahlil qilish va baholash usullarini ko’tarib chiqdi.
Shunday qilib, Samarqand kooperativ institutida iqtisodiy tahlil maktabi yaratildi va muttasil rivojlanib bordi.
O’zbekiston Respublikasining mustaqillik sari intilishi samarqandlik olimlarni o’zbek tilida darslik yozishga da’vat yetdi. Bunga rahbarlikni yana prof. I.T.Abdukarimov o’z qo’liga oldi va nihoyat 1989 yilda I.T.Abdukarimov, M.Q.Pardayev, A.A.Abdiyev va V.I.Abdukarimovlar tomonidan “Matlubot kooperasiyasi xo’jalik faoliyatini tahlil qilish” mavzusida savdo va matlubot kooperasiyasi sohasi bo’yicha birinchi marta o’zbek tilida darslik vujudga keldi. U Toshkentdagi “O’qituvchi” nashriyotida chop yetildi. Bu darslikdagi ko’p iqtisodiy atamalar o’zbek tilida yozildi. Ammo maxsus fanlarni faqat rus tilida o’qib yurgan talabalar uchun va o’z ishini rus tilida yuritadigan mutaxassislar uchun o’zbek tilidagi atamalarni tushunish ancha qiyin kechdi. Shu tufayli bu qiyinchilikni osonlashtirish maqsadida samarqandlik olimlar M.Q.Pardayev rahbarligida “Savdoga oid iqtisodiy atamalarning ruscha-o’zbekcha lug’atini” ishlab chiqdi va 1990 yilda Samarqand kooperativ institutida va uning to’ldirilgan hamda qayta ishlangan holati 1992 yilda Toshkentning “O’qituvchi” nashriyotida chop yetishga muvaffaq bo’lindi
Olimlar “Iqtisodiy tahlil” fani bo’yicha namunaviy dasturlar ishlab chiqish borasida ham sezilarli ishlarni amalga oshirdilar. 1987 yilda I.T.Abdukarimov va M.Q.Pardayevlar hamkorligida “Savdo iqtisodi” mutaxassisliklari uchun “Xo’jalik faoliyatining tahlili” bo’yicha namunaviy dasturni Sentrosoyuzning o’quv-uslubiy birlashmasi orqali chop yetdilar
1990 yilda yesa “Buxgalteriya ucheti, nazorat va xo’jalik faoliyati tahlili” mutaxassisligi bo’yicha “Matlubot kooperasiyasi xo’jalik faoliyatini tahlil qilish” fanining namunaviy dasturini ishlab chiqdi va Moskva Moliya Akademiyasi qoshida tuzilgan sobiq SSSR oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlari vazirligining o’quv-uslubiy birlashmasi tomonidan tasdiqlangan va nashrga tavsiya qilingan yedi Mustaqillik yillarida mamlakatimizning barcha fanlari singari iqtisodiy tahlil fani ham rivoj topdi. Prof. I.T.Abdukarimov tomonidan “Moliyaviy hisobotni o’qish va tahlil qilish yo’llari” nomli qo’llanmasi (T.: «Iqtisodiyot va huquq dunyosi» nashriyot uyi, 1998.- 96 bet.) nashrdan chiqdi.. Bevosita kafedraga dahldor bo’lgan B.I.Isroilovning “Mol-mulkni soliqqa tortish, soliq hisobi va uni tahlil qilish yo’llari” nomli qo’llanmasi (T.: «Iqtisodiyot va huquq dunyosi» nashriyot uyi, 2005. – 40 bet.) chop yetildi.
Mamlakatimizda iqtisodiy tahlil nazariyasini nashr qilishda ham kafedra o’qituvchilari yetakchilik qilmoqda. Masalan, M.Q.Pardayevning “Iqtisodiy tahlil nazariyasi” darsligi (Samarqand, “Zarafshon” nashriyoti, 2001. - 272 bet.), uning ikkinchi nashri N.Ishankulov, M.Q.Pardayev, A.T.Ibragimov va boshqalar bilan hamkorlikda “Iqtisodiy tahlil nazariyasi” nomli darslik (T.: “Sano-standart” nashriyoti, 2014. – 336 bet.) shular jumlasidandir.
Bugungi kun talabidan kelib chiqqan holda moliyaviy va boshqaruv tahlili bo’yicha ham kafedra professor-o’qituvchilarining xizmatlari katta. Hususan, M.Q.Pardayev, B.A.Hasanov, J.I.Isroilov, M.Ye.Pulatov, O’.T.Yeshboyev, A.N.Xoliqulovlar hamkorlikda “Moliyaviy va boshqaruv tahlili” nomli o’quv qo’llanma (T.: “Cho’lpon” nashriyoti, 2012.- 400 bet.), M.Q.Pardayev “Moliyaviy tahlil metodologiyasi” nomli qo’llanma (Samarqand, SamKI, 1996.- 155 bet.), M.Q.Pardayev va B.I.Isroilovlarning “Moliyaviy tahlil” nomli qo’llanmalari (T.: «Iqtisodiyot va huquq dunyosi» nashriyot uyi, 1999.- 356 bet.), M.Q.Pardayev, J.I.Isroilov, A.Q.Gapparovlar tomonidan tayyorlangan “Moliyaviy tahlil - 2”: “Xizmat ko’rsatish sohasida iqtisodiy tahlilni takomillashtirish muammolari”ga bag’ishlangan qo’llanma (Samarqand: SamISI, 2008.-36 bet.), M.Q. Pardayev, I.T.Abdukarimov, J.I.Isroilov va B.I.Isroilovlar tomonidan tayyorlangan “Korxonalarda moliyaviy hisobotlar tahlili” nomli o’quv qo’llanma (Toshkent: O’zR Soliq Akademiyasi, 2009. – 76 b. – 4,75 b.t.) kabilarni ye’tirof yetish mumkin.
Iqtisodiy tahlil tom ma’noda fanning fundamental sohasi bo’lib hisoblanadi. Bu borada ham salmoqli ishlar qilindi. Bularga M.Q.Pardayev, B.I.Isroilovlarning ikki qismdan iborat “Iqtisodiy tahlil” nomli monografiyasini (1-qism. T.: «Iqtisodiyot va huquq dunyosi» nashriyot uyi, 2001.- 176 bet. va 2-qism T.: «Iqtisodiyot va huquq dunyosi» nashriyot uyi, 2001.- 256 bet.), M.Q. Pardayev, I.T. Abdukarimov, B.I.Isroilovlarning “Iqtisodiy tahlil” nomli o’quv qo’llanmalarini (T.: “Mehnat” nashriyoti, 2004.- 486 bet), M.Q.Pardayev, A.A.Abdiyev, A.N.Xoliqulovlar hamkorlikda tayyorlagan “Iqtisodiy tahlil” nomli uslubiy qo’llanma (Samarqand, 2007.- 264 bet) kabilarni kiritish mumkin.
Samarqand maktabi olimlari funksional-qiymat tahlili metodologiyasini yaratishda ham munosib hissa qo’shdilar. Bular jumlasiga M.Q.Pardayev, B.A.Hasanov, B.I.Maxsudov, D.A.Zulunovalar hamkorlikda tayyorlagan “Funksional-qiymat tahlili” nomli o’quv qo’llanmani (T.: «Cho’lpon» nashriyoti, 2012.- 200 bet.), M.Q.Pardayev va O.T.Astanaqulovlar hamkorlikda tayyorlagan “Funksional qiymat tahlilini takomillashtirish yo’nalishlari” nomli monografiyani (T.: “Fan va texnologiya” nashriyoti, 2013. – 248 bet.), M.Q.Pardayev va D.A.Zulunovalarning “Funksional qiymat tahlili” nomli ma’ruzalar matni (Samarqand: SamISI, 2007. – 12,1 b.t. – 194 bet.) kabilarni kiritish mumkin.
Iqtisodiy tahlil fanida qo’llaniladigan usullarni muntazam ravishda takomillashtirish borasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borayotgan olimlar bu borada ham sezilarni muvaffaqiyatlarni qo’lga kiritdi. Jumladan, M.Q.Pardayev, B.I.Isroilov, J.I.Isroilovlar tayyorlagan “Iqtisodiy tahlilda qo’llaniladigan usullar” o’quv qo’llanma (T.: O’zR Soliq akademiyasi, 2012.- 112 bet.), M.Q.Pardayev, A.N.Xoliqulovlar hamkorlikda tayyorlagan “Iqtisodiyot subyektlarida omilli tahlilni takomillashtirish” nomli monografiya (T.: “Navro’z” nashriyoti, 2014. – 240 bet) kabilarni qayd yetish mumkin.
Kafedra olimlari obyektiv zaruriyatdan kelib chiqib, turizm va mehmonxona xo’jaliklari faoliyatini tahlil qilish masalasiga ham alohida ahamiyat bermoqdalar. Bular jumlasiga M.Q.Pardayev rahbarligida va bir guruh shogirdlari hamkorligida tayyorlangan “Turfirmalar moliyaviy-xo’jalik faoliyati tahlili” ma’ruzalar kursi (Samarqand, SamKI, 2011.- 212 bet.), M.Q.Pardayev, H.A.Raximovlar hamkorligida “Turfirmalarda moliyaviy natijalar tahlili” nomli risola (T.: “Iqtisodiyot” nashriyoti, 2012. – 64 bet.), M.Q.Pardayev, F.A.Safarov, O.M.Pardayevlar hamkorlikda nashr qilingan ikki qismdan iborat “Mehmonxona xo’jaligi faoliyati tahlili” (1-qism. Ma’ruza kursi. Samarqand, SamISI, 2014. – 152 bet. – 9,5 b.t. va 2-qism. Ma’ruza kursi. Samarqand, SamISI, 2014. – 156 bet. – 9,75 b.t.) kabi ishlarni kiritish mumkin.
Kafedra olimlarining boshqaruv tahlilini shakllantirish bo’yicha ham tegishli hissalari bor. Bular jumlasiga M.Q. Pardayev, A.X. Shoalimov, J.I. Isroilov, I.R. Pardayevlar hamkorlikda tayyorlagan “Boshqaruv tahlili” nomli o’quv qo’llanmani (T.: «Iqtisodiyot va huquq dunyosi» nashriyot uyi, 2005.- 328 bet.), shu olimlar tomonidan “Boshqaruv tahlili” nomli ma’ruzalar kursi (Samarqand, SamDU. 2004.- 256 bet.) kabilarni kiritish mumkin.
Iqtisodiy tahlilning ham ko’lami iqtisodiyot singari keng. Shu tufayli uning dolzarb masalalariga bag’ishlangan asarlar ham tayyorlangan va nashrdan chiqarilgan. Xususan, M.Q.Pardayev, B.I.Isroilovlar hamkorlikda tayyorlagan “Soliqlar tahlili” o’quv qo’llanma (T.: O’zR Soliq akademiyasi, 2007.- 100 bet.), M.Q. Pardayev tomonidan tayyorlangan “Loyiha tahlili” nomli o’quv qo’llanma (Samarqand, SamKI, 2001.- 171 bet.), M.Q.Pardayev, A.A.Abdiyev, A.N.Xoliqulov “Loyiha tahlili” nomli ma’ruzalar matni (Samarqand, 2007.- 224 bet.), M.Q. Pardayev, I.T.Abdukarimov, B.I.Isroilovlar hamkorlikda tayyorlangan “Korxonaning iqtisodiy salohiyati tahlili” nomli monografiya (T.: «Iqtisodiyot va huquq dunyosi» nashriyot uyi, 2003.- 256 bet.), M.Q. Pardayev, I.T.Abdukarimov, A.A.Abdiyev, B.I.Isroilov “Korxonalarda moliyaviy hisobotlar tahlili” nomli o’quv qo’llanmani (Samarqand: SamISI, 2007. – 12,1 b.t. – 194 bet.), M.Q.Pardayev, J.I.Isroilovlar hamkorligidagi “Xususiy korxonalar faoliyati tahlilining nazariy va metodologik muammolari” nomli monografiyani (T.: “Fan va texnologiya”, 2007. – 10,25 b.t. – 164 bet.), M.Q.Pardayev, D.X.Aslanova, S.A.Isoqovalar bilan birgalikda tayyorlagan “Yoshlarning bandlik darajasi va ularning omilli tahlili” nomli ilmiy risolani (Samarqand: “Zarafshon” nashriyoti, 2008. – 48 b. – 3,0 b.t.), M.Q. Pardayev, J.I. Isroilov, O.M. Pardayev, F.A. Safarovlar hamkorligidagi “Iqtisodiyot subyektlari moliyaviy holatining tahlili” nomli qo’llanmani (Samarqand, SamISI, 2013. – 196 bet. – 12,25 b.t.), M.Q. Pardayev, M.Ye. Pulatov, I.R. Berdikulova, O.M. Pardayevlar tomonidan tayyorlangan “Marketing tadqiqotida statistik tahlil” nomli ma’ruza matnini (Samarqand, SamISI, 2015. – 312 bet. – 9,0 b.t.) misol keltirish mumkin.
Kafedra olimlari tomonidan sof iqtisodiy tahlilga bag’ishlangan doktorlik dissertasiyasi ham yoqlandi. Bunga M.Q.Pardayevning “Iqtisodiyotni yerkinlashtirish sharoitida iqtisodiy tahlilning nazariy va metodologik muammolari” mavzusidagi i.f.d. ilmiy darajasini olish uchun yozilgan va 2002 yilda Bank-moliya akademiyasi huzuridagi ixtisoslashgan kengashda yoqlangan dissertasiyasini misol keltirish mumkin.
Bundan tashqari kafedrada ilmiy-tadqiqotlarni olib borib, bir qancha tadqiqotchilar prof. M.Q.Pardayevning bevosita rahbarligida va maslahatchiligida doktorlik dissertasiyalarini yoqlashga muvaffaq bo’ldilar. Bular jumlasiga B.I.Isroilov (hozirda O’zR Soliq akademiyasida kafedra mudiri), G.M.Shodiyeva (hozirda Toshkent shahridagi Mehmonxona xo’jaligi va servis kollejida faoliyat ko’rsatmoqda), Z.N.Qurbonov (hozirda O’zR Soliq akademiyasida professor), A.X.Pardayev (hozirda Prezident huzuridagi «Iste’dod» jamg’armasining ijrochi direktori) kabilarni kiritish mumkin. Bulardan tashqari M.Q.Pardayev rahbarligida 20 ga yaqin fan nomzodlari ham yoqlashga muvaffaq bo’ldilar.
Hozirgi vaqtda kafedrada 14 shtat birligi mavjud bo’lib, 16 nafar professor-o’qituvchi hamda 1 nafar kabinet mudiri faoliyat yuritadi. Ulardan 1 nafari iqtisod fanlari doktori, 5 nafari iqtisod fanlari nomzodi, 4 nafari iqtisodiyot fanlari bo’yicha falsafa fanlari doktori (PhD), 1 nafari katta o’qituvchi, 5 nafari o’qituvchi (assitent)dir. Kafedraning ilmiy salohiyati 62,5 %ni tashkil yetadi.
Kafedrada oila xo’jaligi iqtisodiyotiga oid bir qancha tadqiqotlar olib borildi. Ushbu mavzu bo’yicha i.f.d. G.M.Shodiyeva, i.f.d., Sh.O.Quvondiqov, tadqiqotchi O.M.Pardayevalarning bir qancha monografiya va ilmiy risolalari ham nashrdan chiqmoqda.
Keyingi yillarda kafedraga ko’plab yosh kadrlar jalb yetildi. Jumladan, hozirgi kunda yosh kadrlardan A.N.Xoliqulov, I.R.Berdiqulova, A.Q.Gapparov, X.A.Raximov, F.A.Safarov, O.M.Pardayev, S.A.Babanazarova, T.I.Yaxyoyev, N.Z.Yuldasheva, N.Abduqodirova, F.O.O’roqov va boshqalar pedagogik faoliyatga jalb etildilar. Bugungi kunda kafedrada ilmiy tadqiqotchi sifatida 20 ga yaqin o’z ilmiy izlanishlarini olib bormoqda.
Bugungi kunda kafedrada iqtisod fanlari doktori, professor M.Q.Pardayev samarali faoliyat ko’rsatmoqda. Iqtisod fanlari nomzodlari, dosentlar U.X.Xudayberdiyev, A.N.Xoliqulov, D.Q.Usmanova, Z.Yu.Aminov, Sh.S.Oltayev, PhD, dosentlar X.A.Raximov, F.A.Safarov, O.Ernazarov, S.A.Babanazarova, katta o’qituvchi I.R.Berdikulova, assistentlar L.A.Musabayeva, A.Q.G’apparov, N.Z.Yuldasheva, T.I.Yaxyoyev va F.O.O’roqov kabilar ham bugungi kunda kafedraning tarixiy an’analarini davom ettirmoqdalar. Kafedrada o’tiladigan fanlarning samaradorligini oshirishda, o’quv jarayonini tashkil yetishda kabinet mudirasi Z.Ruzibayevalarning ham hissasi katta.
Kafedrada har yili 200 tadan ziyod darslik, o’quv qo’llanma, monografiya, o’quv-uslubiy adabiyotlar, ilmiy maqolalar chop etilmoqda. Kafedrada «Tahlilchi va liderlik maktabi» talabalar va magistrlar ilmiy to’garagi faoliyat ko’rsatmoqda. To’garaklarga i.f.d., professor M.Q.Pardayev, i.f.n., dosent A.N.Xoliqulovlar rahbarlik qilib kelmoqdalar. Hozirgi kunda ilmiy to’garakka 40 dan ortiq talaba va magistrlar jalb yetilgan. Bu to’garak a’zolari turli konferensiyalarda o’z ilmiy maqolalarini chop yetishga yerishib kelmoqdalar. Bundan tashqari, kafedrada “Liderlik kursi” ham faoliyat ko’rsatib keladi. Ko’plab iqtidorli talabalar bu kursni tugatib, rahbarlik sirlarini o’rganib kelmoqda.


Xoliqulov Anvar Nematovich

Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent, 08.00.05


Pardayev Mamayunus Qarshibayevich

Iqtisod fanlari doktori, professor, 08.00.08

Safarov Farhod Anvaroich

PhD, dotsent v.b. 08.00.05


Xudoyberdiyev Umar Xudoyberdiyevich

Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent, 08.00.08


Usmanova Dilafruz Qarshiyevna

Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent, 08.00.08


Aminov Zarif Yusupovich

Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent v.b 08.00.05


Ernazarov Ortiq Yeshnazarovich

PhD, 08.00.03


Raximov Xasan Abdusaitovich

PhD, 08.00.05


Oltayev Shavkat Sobirovich

Iqtisod fanlari nomzodi, dosent, 08.00.13


Berdiqulova Iroda Rayimqulovna

Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil audit


Babanazarova Sevara Abdinazarovna

PhD, katta o’qituvchi 08.00.05


Gapparov Azim Qayumovich

Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil audit


Yaxyoyev To’lqin Ismatulla o’g’li

Audit


O’roqov Firdavs Ortiqniyoz o’g’li

Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha) 5A230102


Yuldasheva Nilufar Ziyabayevna

Buxgalteriya hisobi, xo’jalik tahlili va nazorat


Musabayeva Larisa Alisherovna

Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil audit


Ro'ziboyeva Zohida Rustamovna

Kabinet mudiri