Muxammedov Murod Muxamadiyevich
Professor

Muxammedov Murod Muxamadiyevich

Ilmiy daraja
Fan doktori, DSc
Ilmiy unvon
Professor
Ish shakli
Asosiy ish joy
Ish joyi Iqtisodiyot nazariyasi

Tarjimai hol

           Muhammedov Murod Muhammedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor

           1949-yilning 21-oktabrida Samarqand shahrida tug'ilgan, maktabni oltin medal (1967), Sentrosoyuzning Samarqand kooperativ institutini Lenin stipendiyasi bilan o'qib (1969-1971), a'lo baholar   bilan bitirgan (1971), fan nomzodi (1979, Kiyev), iqtisod fanlari doktori (1992, Moskva, MUPK), professor (1996), Xalqaro axborotlashtirish Akademiyasining haqiqiy a'zosi (1997). Muhammedov M.M. institut partiya tashkilotining kotibi etib saylangan           (1989-1991 ). Institutning ilmiy laboratoriyasini rahbari (1978-1980). Kafedra mudiri (1985-1986; 2005-2007; 2008-2012), institutning ilmiy ishlar bo'yicha prorektori (1992-1993), ilmiy va o'quv ishlari bo'yicha prorektori (1993-1994), institut rektori  (1994-1998), O'zbekiston FA mintaqaviy kompleks tadqiqotlar instituti ijtimoiy fanlar bo'limining mudiri (1998-2005), institut integratsiya va innovatsiya Markazining direktori (2007-2008) lavozimlarida ishlagan.

            Prof. M.M.Muhammedov ilmiy-pedagogik faoliyati davomida 25 ta monografiya, 35 ta risola, 20 ta darslik va o'quv qo'llanma, 40 ga yaqin o'quv-uslubiy ishlar, 700 ga yaqin ilmiy maqolalar yaratib, chop etgan.                       M.M.Muhammedovning monografiya, risola va ilmiy maqolalaridan anchasi xorijda: Germaniya, Angliya, Rossiya, Ukraina, Belorusiya, Litva, Estoniya, Qozog'iston va boshqa mamlakatlarda chop etilgan. U kishi tomonidan yaratilgan darslik va o'quv qo'llanmalar, uslubiy ishlar respublikaning oliy o'quv yurtlari va kasb-hunar kollejlarida keng foydalanilmoqda.        

          Prof. M.M.Muhammedov ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashda faol ishtirok etib kelmoqda. Turli davrlarda fan nomzodi hamda fan doktori ilmiy unvonlariga erishish uchun ixtisoslashgan kengashning raisi yoki a'zosi sifatida faol ishtirok etgan. 1992-1998-yillar Samarqand kooperativ instituti qoshidagi fan nomzodi ilmiy unvonini olish bo'yicha ixtisoslashgan kengash raisi, keyinchalik O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti qoshidagi hamda Qozog'istonning matlubot kooperatsiyasi iqtisodiyot universiteti qoshidagi fan doktori ilmiy unvoniga dissertatsiya yoqlash bo'yicha davlatlararo ixtisoslashgan kengashning a'zosi sifatida faoliyat olib borgan. 50 dan ortiq dissertatsiya ishlariga, shu jumladan, xorijiy davlatlarda himoya etilgan doktorlik dissertatsiya ishlariga opponent bo'lgan. Bu esa u kishiga bildirilgan katta hurmatga ega ekanligidan dalolat berib turadi. O'z faoliyati davomida 10 dan ortiq Simpozium va xalqaro forumlarda ilmiy chiqishlar qilishga muyassar bo'lgan. Samarqand viloyat hokimligi qoshida investitsion loyihalarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish komissiyasi a'zosi sifatida faoliyat ko'rsatdi (2023-2024-yillar).

         U kishi tomonidan "Xizmat ko'rsatish va servis" yo'nalishi bo'yicha ilmiy maktab yaratilgan. Ilmiy maktabning ishtirokchilari, iqtidorli talabalar               prof. M.M.Muhammedov rahbarligida ko'plab ilmiy maqolalar tayyorlab chop etmoqda, ilmiy anjumanlarda mazmunli ma'ruzalar bilan chiqish qilmoqda.          U kishidan tahsil olayotgan o'quvchi-talabalar iqtisodiy fanlar bo'yicha o'tkaziladigan olimpiadalarda sovrindor o'rinlarni egallab, katta muvaffaqiyatlarga erishmoqdalar. 2002-2009-yillar davomida 10 dan ortiq magistrlik dissertatsiya ishlariga ilmiy rahbarlik qildi. U kishi rahbarlik qilgan talabalar hozirda davlat boshqaruv organlarida rahbarlik lavozimida faoliyat ko'rsatib kelishmoqdalar.

         Prof. M.M.Muhammedov rahbarligida  30 ga yaqin dissertatsiya ishini himoya qilishdi. 24 nafar fan nomzodi (PhD) va 5 nafar fan doktori (DSc) tayyorlangan. Hozirgi kunda u kishi rahbarligida 3 nafar falsafa doktori va  shuningdek 3 nafar mustaqil izlanuvchilar doktorlik dissertatsiyasini bajarmoqdalar. Prof. M.M.Muhammedov ilmiy-pedagogik faoliyati davomida 5 ta xalqaro va 5 ta O'zbekiston Respublikasi davlat grantlari bo'yicha loyiha rahbari sifatida faoliyat olib borgan. 2016-yilning yakunida fundamental tadqiqot loyihasi bo'yicha yillik hisobot muvaffaqiyat bilan taqdim etilgan.

         2016-yil "O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 25-yilligi" ko'krak nishoni bilan taqdirlangan.

         2021-yil "O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30-yilligi" ko'krak nishoni bilan taqdirlangan.

         2024-yil O'zbekiston Respublikasi "Oliy ta'lim a'lochisi" ko'krak nishoni bilan taqdirlangan.