SamISI Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-iyuldagi “Oliy va o’rta maxsus ta’lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-4391-sonli qarori va 2019-yil 21-oktyabrdagi “O’zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqyeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-5850–son Farmonida belgilangan vazifalar, institut Kengashining 2019-yil 29-noyabrdagi 4-son yig’ilishi bayoni qarorlari ijrosini ta’minlash hamda institut kafedralarini yanada optimallashtirish shuningdek, institutda davlat tilini o’rgatish va uni bilish darajasini yanada oshirish maqsadida 2019-yil 4-dekabr Samarqand iqtisodiyot va servis instituti rektorining “O’zbek tili va adabiyoti” kafedrasini tashkil etish to’g’risidagi 841/-F-sonli buyrug’i asosida tashkil etildi.

“O’zbek tili va adabiyoti” kafedrasi fakultetlararo umumta’lim yo’nalishlariga qaraydi.

Hozirgi vaqtda 5,25 shtat birligi mavjud bo’lib, 6 nafar professor-o’qituvchi hamda 1 nafar kabinet mudiri faoliyat yuritadi. Ulardan 1 nafari filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori, 1 nafari f.f.n., katta o’qituvchi 2 nafari katta o’qituvchi 2 nafari o’qituvchi (assitent)dir. Kafedra tashkil etilgandan buyon kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan 30 dan ortiq nufuzli xorijiy jurnallarda, 4 ta Scopus xalqaro etirof etilgan bazalarda maqolalari chop etilgan. 3 ta o’quv qo’llanma, 2 ta monografiya, 2 ta o’quv uslubiy ko’rsatmalar chop etilgan. Kafedra professor –o’qituvchilari tomonidan institut miqyosida o’tkazilgan ma’naviy–ma’rifiy tadbirlar soni 70 dan ortiqdir.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-iyuldagi “Oliy va o’rta maxsus ta’lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-4391-sonli qarori va 2019-yil 21-oktyabrdagi “O’zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqyeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-5850 –son Farmonida belgilangan vazifalar, institut Kengashining 2019-yil 29-noyabrdagi 4-son yig’ilishi bayoni qarorlari ijrosini ta’minlash hamda institut kafedralarini yanada optimallashtirish shuningdek, institutda davlat tilini o’rgatish  va uni bilish darajasini yanada oshirish maqsadida 2019-yil 2-dekabr Samarqand iqtisodiyot va servis instituti rektorining O’zbek tili va adabiyoti kafedrasini tashkil etish to’g’risidagi 841/-F-sonli buyrug’i asosida tashkil etildi. Tashkil etilgan kafedraga 2019-2020 o’quv yilida filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (Phd) X.Berdiyev kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.

Kafedrada faoliyat olib borgan yetakchi olimlar, davlat arboblari, faollar va faxriylar

Kafedrada faoliyat ko’rsatayotgan 1 nafar fan nomzodi S.Adilovnaning mehnat  faoliyati 48 yil. 1 nafar kafedra katta o’qituvchisi Z.Ashurova Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori bo’lgan.