Real iqtisodiyot kafedrasi



Kafedra qoshida 2 ta ta‘lim yo‘nalishlari (Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha), Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi), 1 ta Qozon davlat universiteti bilan qo‘shma ta’lim (Mintaqaviy iqtisodiyot )yo‘nalishi, 1 ta Tambov davlat universiteti bilan qo‘shma ta’lim (Savdo ishi) yo‘nalishi va 1 ta magistratura mutaxassisliklari (Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlanmoqda.
Xozirgi kunda 20,25 shtat birligi mavjud bo‘lib, 30 nafar professor-o‘qituvchi hamda 1 nafar kabinet mudiri faoliyat ko‘rsatmoqda. Ulardan 2 nafari iqtisodiyot fanlari doktori, professor, 1 nafari iqtisodiyot fanlari doktori, professor v.b., 1 nafari iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor v.b., 2 nafari iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent, 1 nafari iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent v.b., 5 nafari iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent v.b., 7 nafari katta o‘qituvchi hamda 9 nafari o‘qituvchi (assistant hamda assistant-stajor)lardir.
Kafedra tashkil etilgandan buyon kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 10 dan ortiq darslik (vazirlik grifi asosida), 100 ga yaqin o‘quv qo‘llanmalar (vazirlik grifi asosida), 100 dan ortiq uslubiy qo‘llanmalar va uslubiy ko‘rsatmalar tayyorlanib nashr qilindi. Shuningdek, shu davr mobaynida kafedra jamoasi tomonidan 5000 ga yaqin xorijiy va mahalliy ilmiy jurnallarda maqolalar chop etilgan. Jumladan, 100 dan ortiq Scopus bazasidagi jurnallar ham shular jumlasidandir.
Samarqand iqtisodiyot va servis institutining «Iqtisodiyot» kafedrasi O‘rta Osiyo rejalashtirish institutining «Tarmoqlarni rejalashtirish kafedrasi» bazasida 1931 yili tashkil qilingan. Kafedra u vaqtda «Sotsiolistik sanoat», «Sotsiolistik qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti va rejalashtirish» va «Savdo va ta’minot iqtisodiyoti» kurslaridan tarkib topgan.
Kafedraning birinchi mudiri M.V.Gorodilen va kotibi bo‘lib I.Mavlyani ishlaganlar.
1932 yili ushbu kafedra uchta kafedraga ajralgan, ya’ni «Sanoat iqtisodiyoti va rejalashtirish», «Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti va rejalashtirish» va «Sovet savdosi va ta’minot iqtisodiyoti va rejalashtirish».
1936 yili sentyabrda «Xalq xo‘jaligi instituti»da «Sovet savdosi va ta’minot iqtisodiyoti va rejalashtirish» kafedrasi tashkil qilindi, kafedra mudiri dotsent Petr Savich Korpegin tayinlandi. P.S.Korpekin ushbu kafedrada 1982 yilgacha dotsent lavozimida ishlagan.
1938 yildan kafedra «Sovet savdosi iqtisodiyoti va tashkil qilish» deb nomlana boshlagan.
Har xil yillarda yuqoridagilardan tashqari kafedra mudiri lavozimida quyidagilar xizmat ko‘rsatgan: dotsent Aminov Siddiq Aminovich; dotsent Blinov Anatoliy Petrovich; dotsent Safoev Toir Safoevich; professor Altыnboev Ravel Ibragimovich; dotsent Shagolovich Basiya Samuelovna; i.f.d. professor Muhammedov Murod Muxamedovich; i.f.d. professor Abdukarimov Ismat To‘xtaevich; dotsent Qutbetdinov Aslan Takievich; dotsent Shavqiev Erkin Shavqievich; dotsent Xusanova Gulchehra Muhammadievna; dotsent Abdukarimov Barat-Ali Abdukarimovich va Sultonov Shodiyor Abduhalilovich.
2005 yil sentyabrdan 2013 yilgacha kafedra mudiri lavozimida dotsent B.A. Abdukarimov ishlab keldi. Hozirda u kishi professor lavozimini bajarmoqda. 2013 yil 22 iyundan 2020 14 dekabrgacha kafedra mudiri lavozimida dotsent Sh.A.Sultonov ishlab keldi. 2020 yil 15 dekabrdan kafedra mudiri lavozimida dotsent v.b., PhD Z.S.Artikov ishlab kelmoqda.
1966 yil kafedraga «Moliya va kredit» va «Matlubot korporatsiyasi moliyasi» kurslari berilib, bu fanlar 1977 yilgacha kafedrada o‘qitilgan. (1977 yili «Moliya va kredit» kafedrasi tashkil qilingan.) Ushbu kurslarni kafedrada dotsentlar Zaynab Abdullaevna Fatkulina, Tamara Kamolovna Shamsieva, o‘qituvchilar Sobir Qodirovich Orziev, Erkin Shavqievich Shavqiev, Jahongir Rasulovich Zaynalovlar olib borganlar.
Turli yillarda kafedrada quyidagi professor-o‘qituvchilar xizmat qilgan: pofessorlar i.f.d., professor G‘.H.Qudratov, i.f.d., professor M.Q.Pardaev, i.f.d., professor Q.J.Mirzaev, dotsentlar – G‘.X.Xodjaev, I.S.Siddiqov, E.G‘.Ibragimov, E.K.Kulmuradov, B.A.Abdukarimov, X.Sh.Enikeeva, A.N.Vosilov, Sh.T.Kabilova, A.N.Nizomov, R.Ya.Istamkulov, S.R.Julmatova, V.Veysblyum, M.Yusupov, R.Po‘latov, T.Sultonov, E.S.Fayziev, Sh.S.Salimov, E.Sh.Shavqiev, Sh.A.Sultonov, A.B.Bektemirov, D.H.Aslanova, T.S.Sharipov, F.B.Abdukarimov, Z.S.Artikovlar, katta o‘qituvchilar – V.Neverov, A.Artus, J.Sh.Shodiev, V.I.Nagornaya, Z.N.Toshev, Z.S.Sattarova, Z.I.Abdullaeva, R.J.Qurbonova, U.N.Normurodovlar, assistentlar - V.N.Abramova, Ch.S.Abdurasulova, L.R.Chorshanbaeva, Q.Sh.Islomov, A.A.Siddiqov, A.S.Sheraliev, Z.B.Usmonov, A.P.Xazratov, D.K.Urazov, N.B.Ro‘zieva, B.T.Xasanov, L.U.Maxmudov, Z.K.Raximov, M.E.Erdonov, Sh.N.Mirzaevalar.
Kafedraning professor o‘qituvchilari katta hajmda ilmiy tadqiqot, o‘quv uslubiy, ma’naviy ma’rifiy va ahloqiy tarbiyaviy ishlarni amalga oshirib kelgan.
1967 yilda kafedra mudiri, dotsent Siddiq Aminovich Aminov va o‘sha davrda institut rektori, dotsent Muxtor Rasulovich Rasulovlar 1968 yilda birinchi bo‘lib o‘zbek tilida «Sovet kooperativ savdosi iqtisodi» fanidan (28,5 b.t.) darslikni «O‘qituvchi» nashriyotida chop etishga muyassar bo‘lishgan.
Kafedra professor-o‘qituvchilari M.M.Muhammedov, R.I.Altыnboev, A.T.Qutbetdinov, B.A.Abdukarimovlar, tomonidan 1998 yili «Ekonomika torgovli» (18,0 b.t.) o‘quv qo‘llanma chop etildi.
Kafedra professor-o‘qituvchilari Respublika mustaqillikka erishishi va o‘zbek tilini davlat tili deb qabul qilinishi munosabati bilan ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini, o‘quv adabiyotlarini davlat tilida yaratish va chop etishga katta e’tibor qaratdilar.
1989 yilda kafedraning dotsenti B.A.Abdukarimov (A.Toyirov va M.Yusupovlar bilan hamkorlikda) «Kooperativ ulgurji savdo yangi sharoitda» (9,45 b.t.) mavzusidagi monografiyasi «Mehnat» nashriyotida chop etildi.
1991 yili dotsent B.A.Abdukarimov (Suyunov D. bilan hamkorlikda) «Matlubot kooperatsiyasi iqtisodiyoti» (21,0 b.t.) nomli o‘quv qo‘llanmasini «Mehnat» nashriyotida chop etdi.
1994 yilda dotsent B.A.Abdukarimov institut professor o‘qituvchilari E.N.Hodjaev, R.T Yunusovalar bilan hamkorlikda «Tadbirkorlik va kichik biznes asoslari» (9,6 b.t.) nomli o‘quv qo‘lanmani «Zarafshon» nashriyotida chop etishgan.
2002 yil kafedra dotsenti B.A.Abdukarimov, professor M.Q.Pardaev bilan «Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi» (15,6 b.t.) o‘quv qo‘llanmasini chop etishdi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2004 yil 26 martdagi «Samarqand iqtisodiyot va servis instituti tashkil qilish to‘g‘risidagi» 144 – sonli qarori qabul qilinishi munosabati bilan iqtisodiyot kafedra professor-o‘qituvchilari o‘z faoliyatini tanqidiy tahlil qilish asosida o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy va ahloqiy tarbiyaviy ishlarni tubdan o‘zgartirish, ularni sifati va samaradorligini oshirishni zamon talablari darajasiga yetkazishni, xizmat va servis sohalari uchun yetuk oliy ma’lumotli mutaxasislarni tayyorlashni o‘z maqsadi sifatida belgilab oldi.
Kafedra yangi ochilgan ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar uchun o‘quv rejalar ishlab chiqish, yangi fanlar bo‘yicha namunaviy dasturlar tayyorlash, ularni o‘quv-uslubiy ta’minotini yaxshilash, o‘quv jarayoniga ilg‘or pedogogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, uslubiy ko‘rsatmalar yaratishni va ilmiy-tadqiqot ishlarini xizmat va servis sohalari faoliyatini tadqiqot qilishiga yo‘naltirdi.
2004 yil institut professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikda kafedra olimlari ishtirokida (prof. M.K.Pardaev, dos. B.A.Abdukarimov, dos. A.T.Qutbetdinov) «Bozor munosabatlarini takomillashtirish» mavzusida monografiya (10,5 b.t.) «O‘qituvchi» nashriyotida chop etildi.
O‘tgan davr moboynida kafedrada dotsent B.A.Abdukarimov rahbarligidagi mualliflar jamoasi, «Korxona iqtisodiyoti» fanidan ilk bor davlat tilida darslik tayyorladi va «Fan» nashriyotida chop etildi, 2005 yil, 17.0 b.t..
Dotsent D.X.Aslanova rahbarligida bir guruh olimlar tamonidan 2006 yilda «Sotsial iqtisodiyot» o‘quv qo‘llanmasi “O‘zbekiston” nashriyotida o‘zbek va rus tillarida chop etildi (jami 41,0 b.t).
Dotsent B.A.Abdukarimov tamonidan tayyorlangan «Ichki savdo iqtisodiyoti» fanidan darslikning birinchi qismi Toshkent «Fan va texnologiyalar» nashriyotida 2007 yil, 26,0 b.t., ikkinchi qismi ushbu nashriyotda 2008 yili 14,0 b.t. chop etildi.
Ushbu darslik 2012 yilda “Yilning eng yaxshi darsligi va o‘quv adabiyoti muallifi” respblika tanlovining g‘olibi OLIY VA O‘RTA MAXSUS, XALQ TA’LIMI VAZIRLIKLARI HAMDA “ISTE’DOD” JAMG‘ARMASINING 1 DARAJALI DIPLOMI bilan taqdirlangan.
Dotsent E.S.Fayziev tomonidan «Servis tizimi faoliyati asoslari» fanidan o‘quv qo‘llanma 2007-2008 o‘quv yili davomida 20,0 bosma taboqda tayyorlandi va Samarqand «Zarafshon» nashriyotida chop etildi.
Dotsent Sh.S.Salimov tomonidan “Iste’mol iqtisodiyoti” fanidan 2008 yilda ma’ruza matni SamISI bosmaxonasida chop etildi.
Dotsent Q.J.Mirzaev va assistent Q.Sh.Islomovlar tomonidan 2009 yilda “Mikroiqtisodiyot” fanidan o‘quv qo‘llanmasi chop etildi
Professor B.A.Abdukarimov tomonidan 2010 yilda lotin alifbosida “Ichki savdo iqtisodiyoti” (qayta ishlangan va to‘ldirilgan nashri) darsligining I qismi va II-qismi professor B.A.Abdukarimov va T.S.Sharipovlar tomonidan Toshkentdagi “Iqtisod-moliya” nashriyotida chop etildi.
Professor B.A.Abdukarimov., N.A.Kamilova va F.B.Abdukarimovlar tomonidan “Aktualnыe problemы razvitiya torgovli v Uzbekistane” mavzusidagi monografiyasi tayyorlandi va Toshkentdagi «Iqtisodiyot» nashriyotida chop etildi.
B.A.Abdukarimov va T.S.Sharipovlar tomonidan “Umumiy ovqatlanish: muammolar va yechimlari” monografiyasi tayyorlandi va Toshkentdagi “Iqtisodiyot” nashriyotida 2011 yilda chop etildi.
B.A.Abdukarimov va T.S.Sharipovlar tomonidan “Umumiy ovqatlanish sohasi iqtisodiyoti” nomli ma’ruza matni ham nashrdan chiqarildi.
2007-2008 o‘quv yilida kafedra a’zolari tamonidan 5340100 «Iqtisodiyot» ta’lim yo‘nalishi va 5A340102 «Tarmoqlar iqtisodiyoti» mutaxassisligi uchun Oliy va o‘rta maxsus, kasb-xunar ta’limini rivojlantirish markazi bilan hamkorlikda yangi Davlat ta’lim standartlari tayyorlandi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tamonidan tasdiqlanib, 2008-2009 o‘quv yilidan boshlab o‘quv jarayoniga joriy qilindi.
Kafedra professor-o‘qituvchilari kafedrada o‘qitiladigan 33 fandan takomillashgan namunaviy dasturlar tayyorlashdi va ular tegishli ravishda tasdiqlanib, o‘quv jarayoniga joriy qilindi. Ushbu fanlar bo‘yicha kopmleks o‘quv-uslubiy majmualar yaratildi.
Kafedrada o‘qitilayotgan barcha fanlar bo‘yicha yangi pedogogik texnologiyalarni qo‘llab dars o‘tish uchun mo‘ljallangan uslubiy ko‘rsatmalar tayyorlandi.
Kafedrada 2007 yildan boshlab 4 yilga mo‘ljallangan «Xizmatlar sohasi va servis korxonalari iqtisodiy salohiyatidan foydalanish samarasini oshirish yo‘llari» mavzusida Davlat byudjeti asosidagi ilmiy-tadqiqot ishini bajarish boshlandi va 2010 yili tamomlandi hamda hisobot topshirildi.
Iqtisodiyot kafedrasi 2006 yil 21-23 dekabr kunlarida «Xalq iste’mol tovarlari ishlab chiqarish, servis va turizm korxonalri iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish yo‘llari» mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasini o‘tkazdi. Unda 75 ta ma’ruzalar tinglandi, taklif va tavsiyalar tegishli davlat organlari, vazirlik, idoralar, korxona va tashkilotlarga yuborildi. Konferensiya materiallari 15,8 bosma taboq hajmda chop etildi va o‘quv jarayonida foydalanish uchun oliy o‘quv yurtlari kutubxonalariga topshirildi.
Kafedra professor-o‘qituvchilari 2004-2016 yillari institutda o‘tkazilgan 15 ta ilmiy – amaliy, 2 ta respublika ilmiy-amaliy va 2 ta xalqaro ilmiy – amaliy konferensiyalarida ma’ruzalar bilan ishtirok etishdi va ularning ma’ruzalari chop etildi.
Samarqand iqtisodiyot maktabini shakllanganligining 40 yillik yubileyiga bag‘ishlangan «Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va auditning nazariy va metodologik muammolari» mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada (17-18 fevral 2009 yil) kafedra a’zolarida i.f.d., professor M.K.Pardaev, i.f.d., G.M.Shodieva, dotsent B.A.Abdukarimov, katta o‘qituvchi T.S.Sharipovlar ma’ruzalar bilan ishtirok etdilar va 5 ta ma’ruzalar konferensiya materiallarida chop etildi.
Kafedra a’zolari institut professor-o‘qituvchilari bilan hammualliflikda “Xizmat ko‘rsatish, servis va turizm sohalarini rivojlantirish: muammolar va ularning yechimlari” mavzusidagi (Toshkent “Iqtisod - moliya”, 2008 y., 16,25 bosma toboqda) monografiyani tayyorlashda ishtirok etishgan.
Kafedra dotsenti D.X.Aslanova rahbarligida 2006-2007 yillari «O‘zbekistonda mehnat bozorida yoshlarning bandligi va ishsizlik muammolari» mavzusida 12701,0 ming so‘mlik DITD – 1 doirasidagi davlat granti asosida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borildi, u muvaffaqiyatli yakunlandi va hisobotlar topshirildi.
«Iqtisodiyot» kafedrasi professor-o‘qituvchilari 2007-2011 yillarga mo‘ljallangan «Servis tizimini rivojlantirishning metodologik muammolari» mavzusidagi davlat granti asosida fundamental tadqiqot ishlari olib borildi va muvaffaqiyatli yakunlandi. Loyiha rahbari dotsent E.S.Fayziev, ishtirokchilar professorlar M.K.Pardaev, B.A.Abdukarimov, dotsent E.Sh.Shavqiev, tadqiqotchilar T.S.Sharipov, Sh.A.Sultonov va B.Sh.Musaevlar. Tadqiqotda magistrantlarning ishtiroki ta’minlandi.
2008 yil kafedra tadqiqotchisi N.A.Komilova nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi va O‘zbekiston Respublikasi OAKning tasdig‘ini oldi.
2008 yili kafedrada 08.00.05 «Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti» ixtisosligi bo‘yicha aspirantura ochildi va 1-aspirant (N.A. Yunusova) 2009 yili A.Raximov, 2010 yili E.Suyunov va S.Husenovlar, 2011 yilda U.Normurodov va M.Ibragimovalar qabul qilindi.
T.S.Sharipov 08.00.05 «Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti» ixtisosligi bo‘yicha 2010 yil 11 dekabr kuni nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi va OAKdan tasdig‘ini oldi. Sh.A.Sultonov 08.00.05 «Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti» ixtisosligi bo‘yicha 2011 yil 24 dekabr kuni nomzodlik dissertatsiyasini muvvaffaqiyatli himoya qildi va OAKdan tasdig‘ini oldi. F.B.Abdukarimov 08.00.05 «Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti» ixtisosligi bo‘yicha 2011 yil 2 iyul kuni nomzodlik dissertatsiyasini muvvaffaqiyatli himoya qildi va OAKdan tasdig‘ini oldi.
Kafedrada bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlarining natijasi amalyotga joriy qilib kelinmoqda. Jumladan:
- «Iqtisodiy faoliyat turlarini umumdavlat tasniflagichi»ga berilgan takliflar (professorlar M.Q.Pardaev, B.A.Abdukarimov, tadqiqotchi I.Ochilov) O‘zstandart agentligi rahbariyati tamonidan qabul qilingan.
“Iqtisodiyot” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan 2004-2016 yillari yaratilgan o‘quv-uslubiy va ilmiy ishlari jumladan, darsliklar 6 ta, o‘quv qo‘llanmalar 9 ta, ma’ruza matnlari 10 ta, monografiyalar 7 ta, kitoblar, risolalar (amaliy qo‘llanmalar) 16 ta, ilmiy ishlar to‘plami 3 ta, dissertatsiya, mualliflik referatlari 3 ta, ilmiy maqolalar (Respublika jurnallarida va ilmiy to‘plamlarida) 284 ta, ma’ruza tezislari 328 ta va o‘quv-uslubiy adabiyotlar 40 tadan iborat ilmiy ishlar chop etilgan.
«Savdo faoliyati to‘g‘risida» qonun loyihasi (Professor B.A.Abdukarimov, tadqiqotchilar N.A.Komilova, T.S.Sharipov va aspirant F.B.Abdukarimov) tayyorlangan va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan;
«Samarqand viloyatida savdoni holati va uni rivojlantirish yo‘llari» (Professor B.A.Abdukarimov, tadqiqotchi T.S.Sharipov va aspirant F.B.Abdukarimov). Samarqand viloyat hokimiyati tomonidan qabul qilingan:
«O‘zbekistonda ichki savdoning holati va takomillashtirish yo‘llari» mavzusida bajarilgan nomzodlik dissertatsiyasining natijalari Samarqand viloyat “Ta’minotsavdo” asotsiatsiyasi boshqaruvi va «Orion» xususiy firmasi tomonidan amaliyotga joriy qilish uchun qabul qilingan. (Ilmiy rahbar dotsent B.A.Abdukarimov, tadqiqotchi N.A.Komilova);
Barcha xo‘jalik shartnomalari asosida bajarilgan ilmiy – tadqiqot ishlar natijasi (jami 4 ta shartnoma-2 mln. so‘mlik) tegishli korxonalar xo‘jalik faoliyatini takomillashtirish uchun dalolatnoma asosida qabul qilingan;
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi topshirig‘i asosida “Iqtisodiyot” kafedrasi professor o‘qituvchilari B.A.Abdukarimov, T.S.Sharipov, “Kasbiy ta’lim” kafedrasi o‘qituvchisi N.A.Kamilova va “Menejment va statistika” kafedrasi o‘qituvchisi F.B.Abdukarimovlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasida savdoni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlanib Iqtisodiyot vazirligiga 1 b.t. hajmda topshirilgan;
Kafedrada bajarilgan bitiruv malakaviy ishlar va magistrlik dissertatsiyalarini 80,0 % korxona va tashkilotlar byurtmasi asosida amalga oshirilib, ular natijalari dalolatnomalar bilan amaliyotga joriy qilish uchun qabul qilinib kelinmoqda.
Bulardan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga o‘quv jarayonini, jumladan: o‘quv rejalarini; namunaviy dasturlarni; reyting tizimini takomillashtirish bo‘yicha dotsent B.A.Abdukarimov tomonidan bir qancha taklif va tavsiyalar yuborilgan.
Professor – o‘qituvchilar kafedra rejasi asosida «Milliy g‘oya, ma’naviyat va ijtimoiy taraqqiyot», «Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat», «Axborot texnologiyalari» va «Oliy ta’lim fanlari» kurslari bo‘yicha malakalarini oshirgan.
T.S.Sharipov 2006 yil iyul oyida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi «Iste’dod» jamg‘armasining «Turizm va servis» yo‘nalishi bo‘yicha grant sovrindori bo‘ldi va Xitoy Xalq Respublikasining Shanxay universitetida malaka oshirib kelgan.
Z.N.Toshov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Iste’dod» jamg‘armasining 2005 yil grant sovrindori. Moskva Davlat Universitetida 2004 va 2006 yillarda malaka oshirishga muvofiq bo‘lgan.
Kafedra faoliyatida ma’naviy-ma’rifiy ishlar va axloqiy tarbiya masalalari alohida o‘rin tutadi.
Kafedraning 80 % professor-o‘qituvchilari guruh murabbiylari hisoblanishgan.
Kafedra professor-o‘qituvchilari har oyda bir marotaba talabalar uyida «Kafedra kuni»ni o‘tkazib kelishadi. Ushbu suhbatlarda talabalar bilan «Davra suhbati» tashkil qilinib, unda talabalarni qiziqtirgan iqtisodiyot muammolari, Respublikada o‘tkazilayotgan ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy islohatlar to‘g‘risida savol javoblar o‘tkaziladi.
Iqtisodiyot kafedrasining nomi institut tashkiliy tuzilmasini o‘zgartirish to‘g‘risidagi institut rektorining 2019 yil 2-oktyabrdagi 691-F-sonli buyrug‘iga asosan “Tarmoqlar iqtisodiyoti” kafedrasiga o‘zgartirildi.
Institut rektorining 2021 yil 31-iyuldagi 197/1-F-sonli buyrug‘i asosida “Tarmoqlar iqtisodiyoti” kafedrasini optimallashtirish hamda faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida kafedra negizida “Real iqtisodiyot” va “Raqamli iqtisodiyot” kafedralari tashkil etildi. “Tarmoqlar iqtisodiyoti” kafedrasi mudiri Z.S.Artikov “Real iqtisodiyot” kafedrasi mudiri etib tayinlandi. “Raqamli iqtisodiyot” kafedrasiga i.f.d. professor Q.J.Mirzaev tayinlandi.
“Real iqtisodiyot” kafedrasida hozirgi (2023 yil holatiga) kunda jami 27 ta professor – o‘qituvchilar xizmat ko‘rsatmoqda, jumladan: 3 ta fan doktori, professorlar; 4 ta fan nomzodi, dotsentlar; 3 ta PhD, dotsentlar; 8 ta katta o‘qituvchi; 10 ta o‘qituvchi. Kafedrada ilmiy darajalilik – 57,7 % ni tashkil qiladi, kafedraning shtat lavozimida ishlayotganlarni (o‘rindoshlarsiz) o‘rtacha yoshi 45,8 yoshni tashkil qiladi.
Hozirgi kunda kafedra professor-o‘qituvchilaridan quyidagilar institutda rahbarlik lavozimida xizmat qilib kelmoqda:
• institut o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, dotsent T.S.Sharipov;
• Magistratura bo‘limi boshlig‘i, dotsent Sh.A.Sultonov;
• “Servis va turizm” fakulteti dekan urinbosari , Z.B.Usmonov;
“Real iqtisodiyot” kafedrasining kelajak maqsadi o‘quv jarayonini yanada takomillashtirish, fanlarni darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, uslubiy ta’minotini ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalari talablari asosida yangi avlodlari bilan ta’minlash, ilmiy – tadqiqot ishlarining samaradorligini (amaliyotga joriy etishni) oshirish, «Fan – Ta’lim – Ishlab chiqarish» integratsiyasini kengaytirish, doktarantlar, tadqiqotchilarni ilmiy tadqiqot ishlarini muddatida bajarilishini ta’minlash, iqtidorli talabalar bilan yakka tartibda ishlashning mazmun mohiyati va shakllarini takomillashtirish, «Ustoz - Shogird» munosobatlarini no’ananaviy shakllarini joriy qilish kabilardan iboratdir.
Kafedra professor – o‘qituvchilarining yaqin kelajakda bajaradigan ishlari jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin:
- kafedrada rejalashtirilgan (boshqa oliy o‘quv yurtlari olimlari bilan hammualliflikda) darslik va o‘quv qo‘llanmalarni zamon talablari darajasida, belgilangan muddatda yaratishni ta’minlash;
- kafedramizdagi barcha doktorlik dissertatsiyalari ustida ishlayotgan doktorant va tadqiqotchilarni rejalashtirgan muddatda dissertatsiyalarini himoya qilishini ta’minlash;
- kafedra professor-o‘qituvchilarini Davlat va chet el grantlarini olish uchun tanlovga qatnashishini ta’minlash;
- magistrlik va doktorlik dissertatsiyalarining mavzularini kompleks bog‘liqligini ta’minlash nuqtai nazaridan Respublikada o‘tkaziladigan iqtisodiy islohatlar, muammolardan kelib chiqib tasdiqlash.


Artikov Zokir Sayfiddinovich

Kafedra mudiri


Sharipov Tulkin Saidahmedovich

Iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent


Shadiyeva Gulnora Mardiyevna

I.f.d., professor


Sultanov Shodiyar Abdukhalilovich

Iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent


Kurbanova Rakhima Jamshedovna

Iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent


Dusmatov Begmuhammad Olimjonovich

Iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent


Kuvandikov Shuxrat Oblokulovich

I.f.d., professor,v/b

Sattarova Zuhra Ilxomovna

Katta o`qituvchi


Abdullayeva Zulfiya Izzatovna

Katta o`qituvchi


Urazov Davlat Komilovich

Katta o`qituvchi


Musinov Dilshod Sultanovich

Katta o`qituvchi


Ruziyeva Nigina Baxtiyorovna

Katta o`qituvchi


Usmonov Zayniddin Berdirasulovich

Assitent-stajor


Mirzayeva Shirin Nodirovna

Assitent-stajor


Bakhriddinova Diyora Farxod qizi

Assitent-stajor


Asrorov Azizbek Isomiddin o ‘g ‘li

Assitent-stajor


Iskandarov Sunnatillo Baxriddin o ‘g ‘li

Assitent-stajor


Erdonov Muhammadamin Erdon o’g’li

Assitent-stajor


Abdivoxidov Mamurjon Avazxon o’g’li

Assitent-stajor


Abduazizov Ilxomjon Abduazizovich

Assitent-stajor


Omonov Shermuxammad Bekmurod o'g'li

Assitent-stajor


Abduraimov Dilshod Muratkulovich

PhD, v/b dotsent


Normurodov Umid Normurodovich

PhD, v/b dotsent


Maxmudov Lazizbek Ubaydullo o’g’li

Katta o‘qituvchi


Bektemirov Abduxamid Abdumalikovich

Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) / dotsent v.b.


Hazratov Abror Panjiyevich

Katta o‘qituvchi