SamISI Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti ham Jizzax shahrida start berilgan koʻchat ekish boʻyicha respublika umummilliy marafonidan chetda qolmadi. 

Institut rahbariyati, professor-oʻqituvchilar, xodimlar hamda koʻngilli talaba-yoshlardan iborat jamoa institutga qarashli "Mironqul" dam olish maskanida "Yashil makon" loyihasi doirasida "Bu bogʻlar bir bogʻlar bo'ladi...!" shiori ostida  "Ziyolilar bog‘i"ni tashkil etish uchun jamlanishdi.

Dastlab hududda ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari olib borildi. So'ng, "Ziyolilar bog‘i" uchun ajratilgan maydonga mevali hamda manzarali ko‘chatlar o‘tqazildi.

Shuningdek talaba-yoshlar o‘rtasida “Har bir fuqaro uchun – bir daraxt” tamoyili asosida ko‘rik-tanlov tashkil etildi.

SamISI logo

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Manzil belgisi Samarqand sh. A.Temur k. 9-uy

Telefon belgisi Ishonch telefoni: +998 (66) 231-12-53, +998 (66) 231-03-93

Email belgisi Email: sies_info@edu.uz, samisi@exat.uz

Ogohlantirish Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda ushbu manbani ko'rsatish majburiy

Copyright belgisi Samarqand iqtisodiyot va servis instituti. Barcha huquqlar himoyalangan