Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Samarqand iqtisodiyot va servis institutida bitiruvchi bosqich talabalarini "Kelajakka qadam" markazining faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida talabalar va masʼullar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida "Oʻzmilliybank" AJ xodimlari va institut talabalar amaliyoti boʻlimi boshligʻi tomonidan markazda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar haqida batafsil maʼlumotlar berildi.
Talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
2026-yil "Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili"
Oʼzbekcha
English
русский