SamISI Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi va hamkor tashkilotlar tomonidan “Ilhom” mukofoti tanlovi o‘tkaziladi.

“Ilhom” mukofoti shoirlar va yozuvchilarning hayoti hamda ijodini o‘rganish, ularning asarlarini tarjima qilish, tadqiqotlar o‘tkazish, kino va sahna asarlari yaratish kabi sohalarda eng yuqori natijalarga erishgan yoshlarga beriladi. 

Tanlov oliy ta’lim muassasasi miqyosida test savollari orqali dastlabki saralash bosqichi hamda asosiy respublika (ilmiy-ijodiy natijalar va yutuqlar) bosqichlaridan iborat. 

Shoir va yozuvchilar hayoti hamda ijodi asosida kino, sahna asarlari yaratgan, adiblar hayoti va ijodi haqida ilmiy tadqiqotlar olib borgan yoshlarga rektorning taqdimnomasi bilan test sinovlarisiz ishtirok etish imkoniyati mavjud!

Tanlov g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi  tomonidan maxsus diplom, statuetka va quyidagicha pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

1-o‘rin — BHMning 100 barobari;

2-o‘rin — BHMning 80 barobari;

3-o‘rin — BHMning 40 barobari.

Tanlovda ishtirok etish istagidagi yoshlar joriy yilning 11-aprel kuniga qadar yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimiga ariza bilan murojaat qiling! 

Ishtirok eting, ilmiy-ijodiy bilimlaringizni sinab ko‘ring!

SamISI logo

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Manzil belgisi Samarqand sh. A.Temur k. 9-uy

Telefon belgisi Ishonch telefoni: +998 (66) 231-12-53, +998 (66) 231-03-93

Email belgisi Email: sies_info@edu.uz, samisi@exat.uz

Ogohlantirish Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda ushbu manbani ko'rsatish majburiy

Copyright belgisi Samarqand iqtisodiyot va servis instituti. Barcha huquqlar himoyalangan