Dual ta’limni rivojlantirishga qaratilgan trening-seminarda SamISI vakillari ishtirok etdi
Samarqand shahrida O'zbekiston mehmonxonalar assotsiatsiyasi hamda O'zbekiston Respublikasi Turizm qo'mitasi hamkorligida "Dual ta'lim: ish beruvchilar uchun kadrlar tayyorlashning amaliy vositasi" mavzusida ikki kunlik trening-seminar tashkil etildi.
Mazkur seminarda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti turizm kafedrasi professor-o'qituvchilari ham faol ishtirok etib, dual ta'limni rivojlantirish, ta'lim jarayonini amaliyot bilan uyg'unlashtirish hamda turizm va mehmonxona sohasi uchun raqobatbardosh, zamonaviy bilim va kasbiy ko'nikmalarga ega mutaxassislar tayyorlash bo'yicha bilim va tajribalarini oshirdilar.
Oʼzbekcha
English
русский