Buxgalteriya hisobi va menejment fakultetida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida futzal musobaqasi tashkil etildi



Buxgalteriya hisobi va menejment fakulteti tyutorlari tashabbusi bilan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida sportning futzal turi bo‘yicha talaba-yoshlar o‘rtasida musobaqa tashkil etildi.
Ushbu sport tadbiri talabalar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda do‘stona muhitni mustahkamlash maqsadida o‘tkazildi. Musobaqa davomida ishtirokchilar o‘z jamoaviylik va sport mahoratlarini namoyon etdilar.