SamISI Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Bugun, 28-mart kuni Samarqand iqtisodiyot va servis instituti birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasining 2020-2025-yillardagi faoliyati bo‘yicha hisobot konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada institut yoshlar masalalari, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektori Berdimurodov Azizjon Shukrilloyevich va institut kasaba uyushmasi faollari ishtirok etdi.

Tadbirda kasaba uyushmasi faoliyatining barcha ustuvor yo‘nalishlari tahlil qilindi, jamoa shartnomasining ijrosi va kasaba uyushmasi faoliyatining samaradorligi haqida muhokamalar o‘tkazildi.

Konferensiya jarayonida dastlab institut kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Ismatulla Ne'matovning 2020-2025 yillardagi faoliyati bo‘yicha hisoboti tinglandi. Unda institutda professor-o‘qituvchilar va xodimlarning huquqlarini himoya qilish, ish sharoitlarini yaxshilash, ijtimoiy sohalarda amalga oshirilgan islohotlar va kasaba uyushmasining jamoa shartnomasi bo‘yicha bajarilgan vazifalari haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, institut kasaba uyushmasi a’zolari uchun ko‘plab ijtimoiy va madaniy tadbirlar, ta’lim va kasbiy mahoratni oshirishga qaratilgan loyihalar amalga oshirilgani ta’kidlandi.

Tadbirda ishtirok etganlar kasaba uyushmasining kelgusida yanada rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan barcha chora-tadbirlarni amalga oshirishga tayyorligini bildirdi.

SamISI logo

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Manzil belgisi Samarqand sh. A.Temur k. 9-uy

Telefon belgisi Ishonch telefoni: +998 (66) 231-12-53, +998 (66) 231-03-93

Email belgisi Email: sies_info@edu.uz, samisi@exat.uz

Ogohlantirish Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda ushbu manbani ko'rsatish majburiy

Copyright belgisi Samarqand iqtisodiyot va servis instituti. Barcha huquqlar himoyalangan