Institut o'qituvchisi - Xalqaro loyiha ishtirokchisi



Axborot texnologiyalari kafedrasi assistenti M.A.Dusmatova Markaziy Osiyoning beshta davlatida mintaqalararo va xalqaro savdoni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan Ready4Trade Central Asia (R4TCA) loyihasi ishtirokchisiga aylandi. Bu xalqaro loyiha transchegaraviy talablarning shaffofligini oshirish, tartibga solish va protsessual to‘siqlarni bartaraf etish, tadbirkorlik subʼektlarining savdo standartlariga rioya qilish qobiliyatini kuchaytirish, transchegaraviy elektron tijoratni takomillashtirish kabi ishlar doirasida shakllantirilgan. Loyiha Xalqaro savdo markazi tomonidan milliy hamkorlar bilan yaqin hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Loyiha Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladi