Kafedra faoliyati



Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bank-moliya xizmatlari fakultetida bank ishi kafedrasi tashabbusi bilan yo'nalish talabalari uchun Markaziy bank xodimlari ishtirokida ochiq dars tashkil etildi.
Ushbu uchrashuv, moliya sohasi bo‘yicha fundamental bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirishga xizmat qilib, yosh mutaxassislarning bilim doirasini yanada kengaytirishga zamin yaratdi.