Kechki ta’lim talabalari uchun Yoshlar texnoparkiga ekskursiya uyushtirildi

2025-10-28 564
Share: Telegram Telegram Facebook Facebook
Kechki ta’lim talabalari uchun Yoshlar texnoparkiga ekskursiya uyushtirildi

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti kechki ta’lim fakulteti tyutorlari tashabbusi bilan talabalar zamonaviy innovatsion g‘oyalar markazi Yoshlar texnoparkiga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida talabalar texnopark faoliyati, startap loyihalar va innovatsion ishlanmalar bilan tanishdilar. Ular yosh ixtirochilar tomonidan yaratilayotgan g‘oyalar, ularning amaliyotga joriy etilish jarayonlari hamda texnopark tomonidan yaratilgan sharoitlar haqida batafsil ma’lumot oldilar.