Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti kechki ta’lim fakulteti tomonidan talabalarning amaliy bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida Samarqand shahrida joylashgan IT Park markaziga ekskursiya tashkil etildi.
Tashrif davomida talabalar zamonaviy axborot texnologiyalari sohasidagi so‘nggi yutuqlar, startap loyihalar va markazda faoliyat yuritayotgan yo‘nalishlar bilan yaqindan tanishdilar. Ekskursiya chog‘ida markaz mutaxassisi tomonidan IT sohasi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, innovatsion loyihalar va yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
2026-yil "Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili"
Oʼzbekcha
English
русский