uz en ru
Yangiliklar ro'yxatiga qaytish
169 1 daqiqa o'qish

Menejment va marketing fakultetida “Birinchi kurs maktabi” haftaligi doirasida birinchi bosqich talabalari bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi

Menejment va marketing fakultetida “Birinchi kurs maktabi” haftaligi doirasida birinchi bosqich talabalari bilan navbatdagi u...

"Menejment va marketing" fakultetida "Birinchi kurs maktabi" haftaligi doirasida Mustaqillik yillarida mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo'shgan O'zbekiston Qahramonlari, yuksak orden va medallar sohiblarining ibratli hayot yo'llarini yoshlar o'rtasida targ'ib qilishga qaratilgan ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor Pardayev Olim Mamayunusovich hamda fakultet dekani Abduraimov Dilshod Muratkulovich ishtirok etdi. Tadbir davomida fidoyi yurtdoshlarimizning hayot yo'li, Vatan ravnaqi yo'lidagi xizmatlari va ibratli faoliyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, birinchi bosqich talabalari bilan Vatanga sadoqat, milliy g'urur va vatanparvarlik tuyg'ularini mustahkamlash, talabalik davridan unumli foydalanish yuzasidan suhbat o'tkazildi.