Menejment va marketing fakultetida “Birinchi kurs maktabi” mashg‘ulotlari davom etmoqda

2026-09-10 4
Share: Telegram Telegram Facebook Facebook
Menejment va marketing fakultetida “Birinchi kurs maktabi” mashg‘ulotlari davom etmoqda

Menejment va marketing fakulteti 1-bosqich talabalari uchun "Birinchi kurs maktabi" doirasida navbatdagi mashg'ulot o'tkazildi. Mashg'ulot davomida fakultet dekani Abduraimov Dilshod Muratkulovich tomonidan talabalarga institutning ichki tartib-qoidalari va Odob-axloq kodeksining mazmun-mohiyati, shuningdek, talabalarning huquq va majburiyatlari haqida tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, talabalarga oliy ta'lim muassasasining tuzilmasi, ya'ni rektorat, fakultet, dekanat va kafedralarning faoliyati hamda ularning asosiy vazifalari haqida ma'lumot berildi. Talabalar turli masalalar yuzasidan murojaat qilishi mumkin bo'lgan bo'limlar faoliyati bilan ham tanishtirildi.