Menejment va marketing fakulteti dekani Abduraimov Dilshod Muratkulovich tomonidan 1-bosqich talabalari uchun mustaqillik yillarida mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma'naviy hayotining turli sohalarida amalga oshirilgan keng ko'lamli islohotlar, qo'lga kiritilgan yutuqlar hamda bugungi taraqqiyot jarayonlari haqida batafsil ma'lumot berildi.
Tadbir davomida, xususan, ta'lim tizimida olib borilayotgan izchil islohotlar, oliy ta'lim bilan qamrov darajasining oshishi, oliy ta'lim muassasalari sonining ko'payishi, talabalar uchun zamonaviy va qulay ta'lim imkoniyatlarining yaratilishi, shuningdek, xalqaro hamkorlik aloqalarining kengayib borayotgani haqida atroflicha fikr yuritildi.
Shuningdek, mustaqillik yillarining milliy davlatchiligimizni yanada mustahkamlash, mamlakatimizda tinchlik va barqarorlikni ta'minlash, yosh avlodni Vatanga sadoqat, milliy g'urur va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash hamda yoshlarning yuksak ma'naviy fazilatlarini shakllantirishdagi muhim o'rni haqida fikr almashildi.
2026-yil "Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili"
Oʼzbekcha
English
русский