SamISI Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

O‘zbekistonda birinchi IT hamjamiyati tashkil etiladi. Bu haqda IT Park matbuot xizmati xabar berdi.

4-mart kuni soat 15:00 da Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida O‘zbekiston IT hamjamiyatining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.

IT Hamjamiyati IT mutaxassislarini va sohaga qiziqqan har bir kishini bir joyda birlashtirish maqsadida tashkil etilgan. 

Hamjamiyat aʼzolari IT sohasidagi qiziqarli maʼlumotlarni topishi, bilim va tajriba almashishi, karyera qurishi, loyiha uchun jamoa topishi, g‘oyalarni muhokama qilishi, yordam olish va hatto mentor topishi mumkin.

Rasmiy ochilish marosimida 6 nafar spiker so‘zga chiqadi:

  • Alyona Vladimirskaya — Mail.Ru Groupʼning kadrlar bilan ishlovchi sobiq rahbari va “Yilning HR brendi” mukofoti sovrindori. Uni Runet’ning bosh “xedxanteri” deb atashadi;
  • Akmaljon Musayev — HyperApp bosh direktori, loyiha menejeri va startaplar asoschisi, Toshkent, O‘zbekiston va AQSHdagi Gamefall loyihasi hammuassisi va rahbari;
  • Bobur Rajabov — texnik tadbirkor, o‘qituvchi, EverbestLab bosh direktori;
  • Leonid Cherniy — Uzum kompaniyasining ijrochi direktori, MegaFon, Rambler, Yandex, Mail.ru Group kabi kompaniyalar mahsulotlarini yaratish va rivojlantirishda ishtirok etgan taniqli top-menejer;
  • Munira Bekmuradova — Toptalʼda katta dasturchi muhandisi va hamjamiyat rahbari;
  • Shavkat Karimov – O‘zbekiston IT Hamjamiyati rahbari, mentor, investor.

Ma’lumotlarga ko‘ra, spikerlar uchrashuv ishtirokchilariga IT cho‘qqilariga o‘z yo‘lini qurish imkonini bergan muvaffaqiyat sirlari haqida gapirib beradi. Sessiyalar ingliz tilida o‘tkaziladi. Ishtirok etish bepul.

Manba: daryo.uz

SamISI logo

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Manzil belgisi Samarqand sh. A.Temur k. 9-uy

Telefon belgisi Ishonch telefoni: +998 (66) 231-12-53, +998 (66) 231-03-93

Email belgisi Email: sies_info@edu.uz, samisi@exat.uz

Ogohlantirish Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda ushbu manbani ko'rsatish majburiy

Copyright belgisi Samarqand iqtisodiyot va servis instituti. Barcha huquqlar himoyalangan