Profilaktik davra suhbatlari olib borilmoqda



O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2025-yil 09-aprel kunidagi 142-sonli va Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasining 09.04.2025 yildagi 2/8/8/2-sonli qo'shma farmoyishlari asosida, joriy yil 15-aprel kunidan 15-may kuniga qadar “Xavfsiz va sog'lom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlari bo‘lib o‘tishi belgilangan.
Mazkur munosabat bilan Samarqand iqtisodiyot va servis instituti kechki ta'lim fakultetida "Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi birgalikda kurashamiz", "Jaholatga qarshi maʼrifat" mavzularida profilaktik davra suhbatlari tashkil etildi.